Buxgalteriya
Buxgalteriya (nemischa: Buchhalter )
1) buxgalteriya hisobini yuritish;
2) korxona, muassasalarning moliyaviy ishlarini qayd etib borish, nazorat qilish, jumladan xodimlarga ish haqi yozish, buxgalteriya hisoboti va boshqa hisobotlar tuzish bilan shugʻullanuvchi maxsus boʻlimi. Odatda Buxgalteriyani bosh hisobchi (buxgalter) boshqaradi.
Buxgalteriya ilk shakllari miloddan avvalgi IV ming yillikda Mesopatamiyada shakllangan bo'lib, bu davrda mol-mulk va mahsulotlar hisob-kitob qilinga. Qadimgi Misrda esa soliqlarni yig’ish va resurslarni boshqarish uchun maxsus yozuvlar qo’llanilgan. O’rta asrlarga kelib, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan buxgalteriya yanada takomillashgan.
XV asrda italiyalik olim “ikkiyoqlama buxgalteriya tizimi”ni taqdim etdi. Bu tizim har bir moliyaviy operatsiyaning ikki tomonlama yozuvini amalga oshirishni ta’minlab, hisob-kitobning aniqligi va shaffofligini zamonaviy buxgalteriyaning asosiy poydevorini yaratdi.
Keyinchalik, XX asrda sanoat inqilobi va global iqtisodiy aloqlarning kengayishi buxgalteriyani yanada rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Ushbu davrda:
Xalqaro buxgalteriya standartlari ishlab chiqildi (masalan, Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari – IFRS). IFRSning vazifasi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiq tartibga solishdan iborat. U quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:
1. Moliyaviy ma’lumotlarning bir xilligi: Har xil mamlakatlar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini bir xil formatda tayyorlashni ta’minlaydi, bu esa ularni solishtirishni osonlashtiradi.
2. Shaffoflikni oshiradi: Investorlar va manfaatdor tomonlar uchun korxonalar haqidagi ma’lumotlarni aniq va ishonchli qilishga yordam beradi.
3. Globallashuvni qo’llab-quvvatlash: Xalqaro miqiyosda ishlaydigan korxonalar uvhun moliyaviy hisobotlar asosida ishonchli qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.
4. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishni yaxshilash: Aniq va to’liq ishonchli qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.
5. Huquqiy va fiskal standartlarga moslashuv: Moliyaviy hisob va hisobotni turli davlatlarning huquqiy talablari bilan muvofiqlashtirishga yordam beradi.
IRFSning maqsadi: moliyaviy hisobotlar orqali biznesning haqiqiy holatini aks ettirish va global miqyosda investitsion jarayonlarni qulaylashtirish.
Davlat moliyaviy nazorati kuchayib, audit va soliq buxgalteriyasi rivojlandi.
Korxonalarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish majburiyati paydo bo‘ldi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
<ozbekiston rivojlanishi 2023-yil dan 2030-yilgacha maqsadlatni amalga oshrish. [bozor iqtisodiyotiga hissa qoshish...]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
...!
<-Bozor iqtisodiyotiga ozgartrishlar 2023-yil dan 2030-yil strategiyasi Boyicha yangi goyalar kritish...! [O'zME]