Chin
Chin — qad. turkiy xalklar yashagan joy nomi. "Ulugʻ", "mustahkam" degan maʼnoni bildiradi. Koshgʻariyning "Devonu lugotit turk" asarida Ch. aslida uchga boʻlinadi. Birinchisi Yuqori Ch. boʻlib — buni Tabgʻach (Tavgʻach) deydilar, ikkinchisi oʻrta Ch. boʻlib — buni Xitoy deydilar, uchinchisi Quyi Ch. boʻlib buni Barxan deydilar. Lekin hozir Tabgʻach — Mochin, Xitoy — Chin, Barxan — Qashqar deb yuritiladi deb yozadi. Yana shu kitobda Ch.dan Mochingacha boʻlgan hududda 20 turkiy qabilaning biri xitoylar (qitonlar, kidanlar) yashaganligi aytilgan. Koshgʻariy Ch. deb nomlagan Kidon (Qiton) davlati (916—1125) Xitoyning shim.da, sharqda Ulugʻ okeangacha, shim.da Baykalgacha, gʻarbda Oltoy togʻlarigacha boʻlgan hududni egallagan. Mazkur joyda, xitoy manbalaridagi turkiy xalqlarning ajdodlari — Llar istiqomat qilganlar.
Xitoyda Min(Ming) sulolasi (1368—1644) davrida Xitoyning jan. da istiqomat qilib kelgan aholi (xanzular), Xitoyning shimolidagi kidonlar (xitoylar) hududini egallashgan. Ular son jihatdan koʻp boʻlgan, shu tufayli kidonlar xanzularga singib ketadi. Ularning Markaziy Osiyoga surilgan bir qismi (qoraxitoylar) koʻchmanchi turkiy qabilalarning tarkibiga singib ketadi.
1644-yil Ch. hududidan chiqqan Manjur imperiyasi Janubiy Xitoyni (Jungguoni) bosib olgandan soʻng, imperiya nomini "Ching" deb atadi. Soʻngra mazkur imperiya oʻrta va Quyi Ch. ni ham egalladi. Yevropaliklar Manjur imperiyasini Shin, China, Chayna, Xina deb talaffuz qilgan. Keyinchalik bu nom Xitoyga taalluqli boʻlib qolgan. Arab, forsiy, turkiy manba va adabiyotlarda 20-asrning boshlari ga qadar turkiy xalklarning qad. maskanlari Ch. va Mochin (Ulugʻchin) deb tilga olinadi.
Abduxoliq Aytboyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |