Kontent qismiga oʻtish

Dajjol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hindistonda 1610–1630-yillar orasida yaratilgan „Folnoma“ asaridagi suratda Iso ibn Maryam va Dajjol kurashayotgani tasvirlangan. Tasvirning orqa qismida yuzini parda bilan yopgan Mahdiy ko‘rinadi.

Dajjol (arabcha: ٱلدَّجَّالُ — aldamchi, firibgar) yoki Masiyhi Dajjol — Islom diniga koʻra, qiyomat oldidan paydo boʻladigan va dindorlarni Alloh koʻrsatgan toʻgʻri yoʻldan ozdiradigan bir koʻzi gʻilay odamsimon maxluq[1]. U yovuzlik timsoli sifatida ezgulik tarafdorlari bilan jang qilib, oxir-oqibatda magʻlub boʻlishi haqida yozilgan[1][2].

Hadislarda dajjolni sochi koʻp va jingalak boʻlishi, koʻzi boʻrtib chiqqan, chap koʻzi gʻilay va ikki koʻzi orasida „kafora“ (yaʼni kofir) degan yozuv boʻlishi taʼkidlangan[3].

Alloh odamlarni sinash uchun dajjolga turli narsalar, jumladan jannat va doʻzax, oʻlgan odamni tiriltirish, yomgʻir yogʻdirish, yerni hosildor qilish kaʼbi ishlarni qilish qudratini beradi. Soʻng u xudolikka davo qiladi, lekin oʻzidagi gʻilaylik, peshonasida yozuvni ketkaza olmasligi bilinib qoladi[3]

U yer yuzidagi barcha joylarga boradi, lekin Makka va Madina shaharlariga kira olmaydi. Hadislarda bu ikki shaharni farishtalar qoʻriqlashi, Madina shahri yaqinida tuzli yerga dajjolni kelganini eshitgan kofir va munofiqlar uning oldiga borishi haqida aytilgan[3].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. 1,0 1,1 Madelung, Wilferd; Daftary, Farhad, eds (2017). "Dajjāl". Encyclopaedia Islamica. Leiden and Boston: Brill Publishers. doi:10.1163/1875-9831_isla_COM_035982. ISSN 1875-9823. 
  2. Siddiqi, Shazia „The Antichrist of Islamic tradition“ (en). Olean Times Herald (2020-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Eng katta fitna Masiyh Dajjolning sifatlari“ (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 14-noyabr.