Kontent qismiga oʻtish

Dikka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qohiraning Sulton Hasan masjididagi dikka
Turkiyaning Edirne shahri Selimiye masjididagi muazzin mahfili

Dikka yoki dakka (arabcha: دكة)[1][2], turkchada muazzin mahfili sifatida ham tanilgan[3], – masjiddagi Qurʼon tilovat qilinadigan va muazzin imomning duolari oʻqladigan yoki takrorlaydigan baland minbar[4][5][3][6]. Bundan tashqari, muazzin ikkinchi azonni (iqoma) aytish uchun ham undan foydalanadi, bu namozxonlarga namoz boshlanishini ishora qiladi[2]. Ramazon oyi kabi maxsus kunlarda yoki oqshomlarda ekspert yoki professional Qur’on qorilari ham dikkadan Qur’on poralarini hatm etish uchun foydalanadilar[2]. Uning Madinadagi Al-masjid an-Nabaviya masjididagi naʼmunasi mukabbariya (arabcha: مكبرية nomi bilan ham tanilgan) deb ataladi[7].

Bu xususiyat hamma masjidlarda ham uchramaydi, lekin koʻpincha mehrobdan uzoqda boʻlgan namozxonlar imomni eshitish qiyin boʻladigan katta hajmli masjidlarda dikka albatta boʻladi[6]. U namoz zalining oʻrtasiga yaqin joylashgan mustaqil inshoot sifatida yoki minbar qarshisidagi ustun yoki devorga oʻrnatilgan balkon shaklida boʻlishi mumkin[2].

  1. Hillenbrand, Robert. Islamic Architecture: Form, function, and meaning (en). New York: Columbia University Press, 1994 — 598-bet. ISBN 9780231101332. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Hinnells, John R.. The Penguin Handbook of the World's Living Religions (en). Penguin UK, 2010. ISBN 978-0-14-195504-9. 
  3. 3,0 3,1 Freely, John. A History of Ottoman Architecture (en). WIT Press, 2011 — 24-bet. ISBN 978-1-84564-506-9. 
  4. „Mosque“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture M. Bloom: . Oxford University Press, 2009 — 549-bet. ISBN 9780195309911. 
  5. Blair, Sheila S.. The Art and Architecture of Islam 1250-1800. Yale University Press, 1995 — 340-bet. ISBN 9780300064650. 
  6. 6,0 6,1 Akin, Gunkut (1995). "The Muezzin Mahfili and Pool of the Selimiye Mosque in Edirne". Muqarnas 12: 63–83. doi:10.2307/1523224. https://www.archnet.org/publications/3356. Akin, Gunkut (1995). „The Muezzin Mahfili and Pool of the Selimiye Mosque in Edirne“. Muqarnas. 12: 63–83. doi:10.2307/1523224. JSTOR 1523224.
  7. „'Mukabbariyah' at Prophet's Mosque retains its glitter“ (English). Saudigazette (2013-yil 10-iyul). Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.