Kontent qismiga oʻtish

Elektr taʼminoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr taʼminoti — elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari, kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr stansiyalari, taʼminlash taqsimlash elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladi.

Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr st-yalari (qarang Elektr stansiyasi), hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari (qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxona

ʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan ehtiyoji bilan belgilanadi (qarang Issiklikelektr markazi, Issiqlikelektr stansiyalari). Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim yirik sohalarda 330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi.

Elektr taʼminoti tizimining sxemasi elektr energiyasi manbaidan energiyani isteʼmolchilarga uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya (kuchlanishni oʻzgartirish) bosqichlari soni kam boʻlishiga, energiya manbaini iloji boricha isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishga asoslanadi. Energiyani isteʼmolchilarga uzatishda kabelli va simli uzatish usullaridan foydalaniladi. Kuchlanishni oʻzgartiruvchi (asosan, pasaytiruvchi) st-yalar isteʼmolchilar zich joylashgan hududning oʻrtarogʻiga quriladi.

Oʻzbekistonda Elektr taʼminoti asosan, 20-asr boshlarida Toshkentda 2 elektr st-ya qurish bilan boshlandi. Eng yirik GESlar: Chorvoq GES, Xoʻjakent GES, Gʻazalkent GES, Farhod GES, eng yirik issiqlikelektr markazlari (IEM): Fargʻona IEM, Muborak IEM, Toshkent IEM; yirik elektr uzatish liniyalari (EUL) soni 20 dan ortiq (qarang Energetika). Resggublika shaharlari va qishloqlarini elektr bilan taʼminlash markazlashtirilgan.

Toshkent shahrida dastlabki elektr st-yalari 20-asr boshlarida qurilgan. Markazlashgan shahar Elektr taʼminotining boshlanishi Boʻzsuv GES ning birinchi navbati (1926) va 6 kV kuchlanishli oʻzgaruvchan tok kabel tarmogʻining ishga tushirilishi bilan bogʻliq. Hozir asosiy shahar Elektr taʼminoti manbalari: Toshkent DIES, Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM), Toshkent GES lari kaskadi. Bundan tashqari, Elektr taʼminoti tizimida 60 dan ortiq kichik st-yalar, transformator punktlarq, taqsimlash punktlari, kabel va havo simlari bor. (2005).

Ergash Shoismatov.