Fideizm
Qiyofa
Fideizm (lot. fi des — eʼtiqod) — eʼtiqod aql-idrokdan ustun turadi, deb taʼkidlovchi dunyoqarash mavjud. Teistik dinlarga xos. Fideizm tarafdorlari fan faqat hodisalar, dalillarning ikkilamchi (fizik) sabablarini ochadi, u birlamchi (gʻayritabiiy) sabablarni ochib berishga, borliqni tushuntirishga qodir emas deb, fan va ilmiy bilishni cheklaydi, faqat din olamning mavjudligini chinakam izoxlab beradi, deb hisoblaydi. „Fideizm“ soʻzining qoʻshimcha salbiy maʼnosi ham bor boʻlib, aql-idrokni ishlatishdan voz kechishni anglatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |