Kontent qismiga oʻtish

Filip Jörgensen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Filip Jörgensen
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-aprel 2002-yil (2002-04-16) (22 yosh)
Tavallud joyi Lomma, Shvetsiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2008 GIF Nike
2008–2014 Malmö FF
2014 Santa Catalina
2014–2015 Penya Arrabal
2015–2016 Malmö FF
2016–2017 Mallorca
2017–2020 Villarreal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020–2023 Villarreal B 41 (0)
2023–2024 Villarreal 38 (0)
2024– Chelsea 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018 Shvetsiya U-16 2 (0)
2018–2019 Shvetsiya U-17 8 (0)
Daniya U-21 11 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 5-iyun uchun)

Filip Jörgensen (2002-yil 16-aprelda tugʻilgan) – shved-daniyalik professional futbolchi, Preymer-liganing „Chelsea“ klubi darvozaboni.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lomma sharida tugʻilgan Jörgensen dastlab „Mallorca“, „AD Penya Arrabal“, „Santa Catalina Atlético“, „Malmö FF“ va „GIF Nike Lomma“ jamoalari sharafini himoya qilgan. Keyinchalik 2017-yilda „Villarreal“ klubining yoshlar akademiyasiga borib qoʻshilgan[1][2]. 3 yilda davomida u yerda toʻp surgan futbolchi 2020-yilga kelib Segunda B divizionidagi zaxira jamoasida faoliyatini davom ettirgan.

Jörgensen 2020-yil 18-oktyabrda „SCR Peña Deportiva“ klubiga qarshi safar uchrashuvida (0:1) katta futboldagi debyutini oʻtkazgan[3]. 12-noyabr kuni esa u jamoa bilan shartnomasini 2025-yilga qadar uzaytirgan[4].

Jörgensen Villarreal asosiy jamoasidagi debyutini 2021-yilning 15-dekabrida oʻtkazgan[5]. Darvozabon Ispaniya kubogi doirasida „Atlético Sanluqueño CF“ jamoasiga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimida Geronimo Rullining oʻrniga maydonga tushirilgan[6].

Jörgensen La Ligadagi debyutini 2023-yilning 30-yanvarida „Rayo Vallecano“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Avgust oyida u toʻlaqonli ravishda asosiy jamoa futbolchisiga aylantirilgan va unga 13-raqam berilgan[7]. 2023-2024-yilgi mavsumda u 143 ta seyv bilan La Ligada bu natija borasida birinchi oʻrinni egallagan. 2024-yil 13-iyunda u jamoa bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytirgan[8][9].

2024-yilning 30-iyulida Jörgensen 20 million funt sterling evaziga Preymer-liganing „Chelsea“ jamoasi bilan yetti yilga moʻljallangan shartnoma imzolagan[10][11].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jörgensenning Shvetsiyada tugʻilgan. Otasi daniyalik, onasi shved bo'lgan. U 2021-yil may oyida Daniya terma jamoasiga oʻtishdan oldin Shvetsiyanining 16 va 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari safida toʻp surgan[12].

2024-yil 19-may holatiga koʻra
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Mahalliy kubok Yevropa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Villarreal B 2020–2021 Segunda División B 16 0 16 0
2021–2022 Primera Federación 14 0 14 0
2022–2023 Segunda División 11 0 11 0
Umumiy 41 0 41 0
Villarreal 2020–2021 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2021–2022 La Liga 0 0 1 0 0 0 1 0
2022–2023 La Liga 2 0 1 0 3 0 6 0
2023–2024 La Liga 36 0 0 0 1 0 37 0
Umumiy 38 0 2 0 4 0 42 0
Chelsea 2024–2025 APL 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy 79 0 2 0 4 0 85 0

Villarreal

  1. „Filip Jörgensen leaves to Villarreal CF“. Goal Management (2017-yil 20-sentyabr). 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
  2. „Jorgensen, otro candidato para el reto pendiente de la cantera del Villarreal“ [Jorgensen, another candidade for the pending goal of Villarreal's youth setup] (es). El Mundo (2020-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
  3. „El Villarreal CF B sufre y cae ante un efectivo Peña Deportiva“ [Villarreal CF B suffer and fall against an effective Peña Deportiva] (es). Golsmedia (2020-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
  4. „The Villarreal of the future“. Villarreal CF (2020-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
  5. „Filip Jorgensen makes his Villarreal debut“. Villarreal CF (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  6. „La prolongación da un triunfo al Villarreal y mata al Racing“ [The stoppage time gives a win to Villarreal and kills Racing] (es). Marca (2022-yil 14-avgust). Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  7. „Jorgensen, con dorsal del primer equipo“ [Jorgensen, with a first team number] (es). Mundo Deportivo (2023-yil 10-avgust). Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  8. „LaLiga EA Sports: Total goalkeeper saves“. as.com. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  9. „Filip Jörgensen 2029“ (es). Villarreal CF (2024-yil 13-iyun).
  10. „Chelsea complete signing of Filip Jorgensen!“. Chelsea FC (2024-yil 30-iyul). Qaraldi: 2024-yil 30-iyul.
  11. „Chelsea agree deals for Jorgensen and Anselmino“. BBC (2024-yil 27-iyul). Qaraldi: 2024-yil 30-iyul.
  12. „Dansk scoop: Svensk juvel skifter landshold“ [Danish scoop: Swedish jewel changes national team] (da). Bold.dk (2021-yil 21-may). Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  13. „Villarreal 1-1 Manchester United (11-10 on pens): David de Gea spot kick saved in epic Europa League final shootout“. bbc.com.