Kontent qismiga oʻtish

Hoji Heybat masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hoji Jeybat masjidi
ozarbayjoncha: Hacı Heybət məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Boku Icheri-sheher
Koordinatalar 40°22′02″N 49°50′00″E / 40.3672088°N 49.833346°E / 40.3672088; 49.833346
Yoʻnalishi Shirvon-Absheron arxitektura maktabi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Hoji Haybat Amir Ali oʻgʻli
Holati amaldagi

Hoji Heybat masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Heybət məscidi) – XVIII asrga oid tarixiy masjid, Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Kichik Gala koʻchasida joylashgan.

Hoji Heybat masjidi 1791-yilda (hijriy 1206) meʼmor Hoji Haybat Amir Ali oʻgʻli tomonidan qurilgan[1].

Arxitekturaviy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hoji Heybat kichik masjidlardan boʻlib, bir qator mahallalar orasida joylashgan. Qurilish rejasiga koʻra masjid toʻrtburchak shaklda boʻlib, binoning ichki qismida toʻrtburchak shakldagi vestibyul, xizmat koʻrsatish xonasi va namoz oʻqiydigan alohida xona mavjud.

Masjid arxitekturaviy jihatdan mahalliy uslubda qurilgan boʻlib, tosh gumbazlar va qirrali ravoqlardan tashkil topgan. Binoning kirish qismi nisbatan soddaroq koʻrinishda boʻlib, aynan shu yerda Qur’on mavzulariga bagʻishlangan toj, epigrafik yozuvlar hamda yodgorlik meʼmori haqidagi maʼlumotlarga guvoh boʻlish mumkin. Masjidning ichki qismidagi burchaklardan biriga yodgorlik meʼmori va uning rafiqasi qabri joylashtirilgan[2].

Masjidning turli tomondan koʻrinishi

  1. „Hacı Heybət məscidi“ (az). icherisheher.gov.az. 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-mart.
  2. „Hacı Heybət məscidi“ (az). icherisheher.gov.az. 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-mart.