Ibrohim Rahim
Rahimov Ibrohim Abdurahimovich | |
---|---|
Tavalludi |
15-oktyabr 1916-yil |
Vafoti |
22-noyabr 2001-yil (85 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Kasbi | jurnalist, dramaturg, ssenarist |
Mukofotlari |
Ibrohim Rahim (toʻliq ism-sharifi Rahimov Ibrohim Abdurahimovich; 1916-yil 15-oktyabr, Fargʻona viloyati Quva tumani — 2001-yil 22-noyabr, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1966). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Oʻzbekiston Respublikasi radiosida siyosiy eshittirishlar boʻlimi bosh muharriri (1946—1947), „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi boʻlim mudiri (1950), muharrir (1950—1961), Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi (1957—1963), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi direktori (1962-1966), Oʻzbekiston Davlat Kinomatografiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari (1963-1964), „Guliston“ (1966—1969), „Mushtum“ (1971 — 1984) jurnallari bosh muharriri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Rahim 1916-yil 15-oktyabrda Farg‘ona viloyati Quva tumani Soykeldi qishlog‘ida tavallud topgan. Oʻzi tugʻilib-oʻsgan kolxoz xoʻjaligida mehnat qilgan. 1930-yillar boshida qishloq maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, Quva tumani bolalar kommunistik tashkiloti raisi sifatida ham ish olib borgan. 1933-yilda Ibrohim Rahim Toshkentga ko‘chib o‘tadi va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti organi — „Kolxoz yo‘li“ gazetasi tahririyatida jurnalist bo‘lib faoliyat yurita boshlaydi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Rahim oʻzining adabiy faoliyatini 1936-yilda sheʼrlar, chizmalar, ocherklar yozish bilan boshlaydi va ilk ijod namunalari „Kolxoz yo‘li“ gazetasi, „Lenin uchquni“ mehnatkashlar gazetasi, „Yesh leninchi“ komsomol gazetasi sahifalarida chop etila boshlaydi.
Ibrohim Rahimning ilk dostoni — „Bahodir“ (1939) Belorussiya davlatida chegarachilar hayoti toʻgʻrisida yozilgan. Shoir ushbu sheʼri uchun 1938-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi shoirlari ishtirok etadigan respublika yopiq adabiy tanlovining ikkinchi darajali mukofotiga sazovor bo‘ladi. Shoirning ushbu sheʼriga shoir Hasan Po‘lat tomonidan taqriz yozilgan boʻlib, Hamid Olimjon, Satti Husayn kabi taniqli shoirlar ham ushbu ijod namunasi haqida iliq fikrlar bildirishgan.
Harbiy xizmat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Rahim 1937-yil oktyabr oyida Qizil Armiya safiga chaqirtiriladi. Sovet Armiyasining kichik komandirlar kursida kursant, kichik komandir, siyosiy instruktor oʻrinbosari, oʻtish parki siyosiy instruktori boʻlib xizmat qiladi. 1938-yilda Ibrohim Rahim Belorussiya maxsus harbiy okrugi Qizil Armiya shoir va yozuvchilar konferensiyasining delegati boʻlgan.
1930—1940-yillarda Sovet-Fin urushida ham ishtirok etadi. Keyinchalik, „Qizil O‘zbekiston“ tahririyatida adabiy hamkorlikda faoliyat yuritib, u yerdan 1941-yil 23-iyunda Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlarida armiya safiga safarbar etiladi. Urush boshlanishi bilan Ibrohim Rahim 158-sapyorlar batalyonida sapyorlar boʻlimi komandiri etib tayinlanadi. Moskva yaqinidagi fashist qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratishda, Gʻarbiy, Belorussiya va boshqa frontlar qismlari tarkibida boʻlgan janglarda rota siyosiy instruktori, batalyon komissari, 1942-yil 18-noyabrdan 1943-yil 22-yanvargacha „Krasnoarmeyskaya pravda“ gazetasining oʻzbek tilidagi nashri muharriri oʻrinbosari boʻlib xizmat qiladi. 1944-yil noyabr oyida Ibrohim Rahim 5-gvardiya tank armiyasining 3-gvardiya tank korpusi va 19-gvardiya tank brigadasining muhandislik xizmati boshligʻi sifatida faoliyat olib boradi.
1944-yil 1-iyuldan 13-iyulgacha Borisov, Minsk, Vilnyus shaharlarini ozod qilishda jonbozlik koʻrsatadi.
1945-yil 27-fevralda Chojnitsa shahri gʻarbida dushman mudofaasini buzib oʻtishda ishtirok etadi. 4 mart kuni Boltiq dengizi sohiliga chiqish, Kezlin shahrini egallash va Sharqiy Pomeraniyada nemis qoʻshinlari guruhini oʻrab olish, 12-mart kuni Dierscheid va Noyshtadt shaharlarini egallashda va Gdinya shimolidagi Danzig koʻrfazining qirgʻoqlariga kirish, 30-mart kuni nemislarning Danzig guruhini magʻlubiyatga uchratishda ishtirok etgani, nemislarning Boltiq dengizidagi eng muhim porti va dengiz bazasi — Gdansk shahri va qalʼasini egallab olishda faollik koʻrsatganligi uchun Oliy qoʻmondon minnatdorchiligini qabul qiladi. SSSR bosh marshali I. V. Stalin va Polshaning „Zasluzonym na pole chwaly“ bronza medali va „Medal za Warszawe 1939—1945“ medallari bilan taqdirlanadi.
Ibrohim Rahim Germaniyaning Shtutgart shahrida harbiy faoliyatini tugatadi va 1946-yil oktyabr oyida mayor unvoni bilan armiyadan demobilizatsiya qilinadi.
Urushdan keyingi ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Rahim urushdan keyin ham oʻzining ijodiy faoliyatini davom ettiradi. 1946-yilda O‘zbekiston radioqo‘mitasining siyosiy eshittirishlar bo‘limi bosh muharriri bo‘lib ishlagach, 1947-yilda shu yerdan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Ibrohim Rahimni O‘zbekiston KP MK huzuridagi Oliy partiya maktabiga o‘qishga yuboradi. 1950-yilda Oliy partiya maktabining jurnalistika fakultetini tamomlab, 1950-yildan 1953-yil iyungacha „Qizil O‘zbekiston“ gazetasining targ‘ibot bo‘limi mudiri bo‘lib faoliyat koʻrsatadi.
Ibrohim Rahim oʻzining urushdan keyin yaratgan „Sen tugʻilgan kun“ (1967), „Mangulik qoʻshigʻi“ (1970) qissalarida, „Fidoyilar“ (1972), „General Ravshanov“ (1985) romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining hayoti, oʻzbek xalqining urush yillaridagi mehnatkashligi va jasoratini aks ettiradi. Shuningdek, uning „Ixlos“ (1958), „Taqdir“ (1964), „Tinimsiz shahar“ (1968), „Oqibat“ (1992) kabi romanlari yangi yerlarni oʻzlashtirish, yoshlar oʻrtasidagi doʻstlik va muhabbat, Toshkent zilzilasida oʻzbek xalqining sabr va matonati hamda qahramonliklarini oʻziga xos tarzda yoritib beradi.
Ibrohim Rahimning mustaqillik yillarida yozgan qissa, hikoya va ocherklari „Qurboningman“ (1996), „Hayotni asrang, odamlar“ (1997) toʻplamlarida jamlangan. Shuningdek, yozuvchining „Jonim fido“, „Chaqmoq“ dramalari (1974), „Zangori olov kishilari“ (1961), „Qalbingda quyosh“ (1963), „Farhodning jasorati“ (1969), „Ahmad Fargʻoniy“ (2000) kinossenariylari ham mavjud.
Ibrohim Rahim Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983) hisoblanadi. Ijodiy faoliyati davomida „Doʻstlik“ (1996), „El-yurt hurmati“ (1998) ordenlari va boshqa bir qancha mukofotlar bilan mukofotlangan[1][2][3][4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Rahim urushlarda koʻrsatgan jasorati va qahramonliklari uchun bir qancha orden va medallar bilan taqdirlangan:
Orden va medallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „El-yurt hurmati“ ordeni (1998)[5]
- „Mehnat shuhrati“ ordeni (1996)
- „Shuhrat“ medali (1994)[6]
- „Jasorat medali (1994)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- Xalqlar doʻstligi ordeni (1976-yil 18-oktyabr)[7]
- 2-darajali Vatan urushi ordeni(1945-yil 6-yanvar; 1985-yil 03-noyabr)
- Qizil Yulduz ordeni (1945-yil 4-sentyabr)
- Harbiy xizmatlari uchun medali (1942)
- “ZASLUZONYM NA POLU CHWALY" bronza medali (Polsha)
- „“1939-1945 yillardagi Varshave uchun medal" (Polsha)
- „VSHV“ kichik oltin medali (1955)
- „VSHV“ yirik kumush medali (1958)
- „Mustaqillik“ medali (1992)
- 1978-yilda SSSR Mudofaa vaziri (D. F. Ustinov) tomonidan „Komandir“ nominal soati bilan taqdirlangan.
Ibrohim Rahimov ijodiy faoliyati davomida quyidagi unvon va mukofotlar bilan taqdirlangan:
Faxriy unvonlari va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (11.11.1976)[8]
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1966)
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1983)
- Oʻzbekiston Respublikasi „Ofarin“ Davlat mukofoti laureati (2001)
- Rossiyaning Kaluga viloyati Troitskoye qishlogʻi faxriy fuqarosi (1977)
- „SSSR kinematografiyasi aʼlochisi“ (1965)
- „49-armiya faxriysi“
- „194-chi Rechitsa Qizil Bayroqli piyodalar diviziyasi faxriysi“
- „65-armiya faxriysi“
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arbat. Y. Uzbeki v boyax za Rodinu.- Toshkent.: O‘zbekiston SSR Davlat nashriyoti, 1943.
- Shilov. K. Rechitskaya Krasnoznamennaya.- Moskva.: Harbiy nashriyot, 1984.
- Kniga pamyati Uzbekistana. 1941-1945.- Toshkent, 1995.
- Uzbekskaya literatura XX veka. — Moskva.: Sharq adabiyoti, 2010.
- Kollektiv avtorov. Olovqalb adib.- Toshkent, 2013.
Sanʼatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ arxiv nusxasi, 2018-01-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-01
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
- ↑ arxiv nusxasi, 2017-07-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-01
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 1996 года № УП-1546 «О награждении группы работников науки, культуры, народного образования и других сфер общественной деятельности в связи с пятилетием независимости Республики Узбекистан
- ↑ https://newspaperarchive.com/advertisement-clipping-oct-19-1976-4695153/
- ↑ https://newspaperarchive.com/advertisement-clipping-nov-12-1976-4640220/
- 15-oktyabrda tugʻilganlar
- 1916-yilda tugʻilganlar
- 22-noyabrda vafot etganlar
- 2001-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Jasorat medali sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi yubiley medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi yubiley medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi yubiley medali sohiblari
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari
- Oʻzbekistonlik ssenariychilar
- Adiblar haqidagi chala maqolalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar