Kontent qismiga oʻtish

Ivan Edeshko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Edeshko
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 25-mart 1945-yil (1945-03-25) (79 yosh)
Grodno viloyati, Belorussiya SSR
Faoliyat yillari 1963—1981
Boʻyi 1.96 m
Vazni 91 kg
Turmush oʻrtogʻi Larisa Edeshko
Bolalari Natalya Edeshko
Sport
Qaysi sport Basketbol

Ivan Ivanovich Edeshko (belaruscha: Іван Іванавіч Ядэшка; 1945-yil 25-mart; Steski, Grodno viloyati) — sovet basketbolchisi. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1972); „Hurmat Belgisi ordeni“ sohibi (1972).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grodno viloyatidagi basketbol maktabi bitiruvchisi. Birinchi murabbiyi — Yakov Iosifovich Fruman[1].

Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetini tamomlagan (1970).

Spartak“ (Minsk), RTI (Minsk), SSKA (Moskva) va SKA (Kiyev) basketbol klublarida faoliyat yuritgan.

Ivan Edeshko AQSh terma jamoasiga qarshi oʻtgan Myunxen olimpiadasining (1972) finali tugashiga uch soniya qolganida Aleksandr Belovga „oltin pas“ berib, basketbol tarixiga kirdi. Oʻyin yakunida SSSR terma jamoasi basketbolchilari amerikaliklardan minimal farq bilan gʻalabani tortib olishdi (51:50)[2].

1979-yildan KPSS aʼzosi. 1982-yilgi jahon chempionati (1-oʻrin) va 1987-yilgi Yevropa chempionatida (2-oʻrin) SSSR terma jamoasiga murabbiylik qilgan.

Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy, SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.

1992-yil SSKA erkaklar jamoasi Ivan Edeshko murabbiyligida Rossiya chempioni boʻlgan. 1993-yilda Edeshko Livanning „Sporting“ klubini boshqargan va mamlakat chempioniga aylantirgan. Viktor Kulagin va Sergey Shchepotkinlar klubning yetakchi basketbolchilari boʻlishgan.

1998—1999-yillarda Rossiya oʻsmirlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.

1999—2001-yillarda Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

Otasi — Ivan Aleksandrovich Edeshko (1907—1997). Onasi — Anna Vikentevna Edeshko (1912—1988). Akasi — Evstafiy Edeshko — Grodno davlat universitetining jismoniy tarbiya kafedrasida ishlaydi.

Xotini — Larisa Andreevna Edeshko (1946-yilda tugʻilgan), Moskva davlat universitetini tamomlagan, oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Qizi — Natalya Ivanovna Edeshko (1970-yilda tugʻilgan) — tennischi, sport ustasi, SSKA klubida faoliyat yuritgan. Kuyovi — Andrey Artemevich Nechaev, (1963-yilda tugʻilgan), „Ximki“ basketbol klubining sobiq prezidenti (2012-yil avgust—2013-yil yanvar). Nevaralari: Artem va Ivan.

  1. „БАСКЕТБОЛИСТ 80-ЛЕТИЯ. Иван Едешко: Хитрости не научишь“. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-avgust.
  2. „БАСКЕТБОЛ. XX Олимпийские игры. ФИНАЛ“. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-avgust.