James Cronin
Jeyms Vatson Kronin (29-sentyabr, 1931-yil — 26-avgust, 2016-yil) Amerikalik zarraviy fizika olim.
Kronin Chikago, Illinoysda tavallud topib, Texasning Dallas shahridagi Janubiy Metodistlar universitetida taxsil olgan.1964-yilgi maʼlum yadroviy zarralarning reaksiyasini boshlangʻich simmetrik prinsipga tushmasligi haqidagi izlanishlari natijasida Val Logsdon Fitch bilan qilingan hammualliflik ishi tufayli 1980-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Aniqrogʻi, u testlar orqali kaonlarning yemirilishi vaqtga nisbatan teskari qilinsa u avvalgi izdan yurmasligi va avvalgi xolatiga qaytmasligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi, natijada u subatomik zarrachalarning vaqt orqali teskari reaksiyaga kirishmasligini aniqladi. Shunday qilib, CP buzilish fenomeni paydo boʻldi.
Kronin 1976-yilda Ernest Orlando Lowrens mukofotini qabul qildi, unga bu mukofot zaif taʼsirlanish natijasida kichik zarrachalar orasidagi vaqtga nisbatan asimmetriya xossasini topishdagi boshlangʻich ishlari va zarraviy fizikadagi eksperimental ishlari uchun berildi.
Kronin Chikago universitetida faxriy professorga aylandi, nufuzli Quintel mukofotiga sazovor boʻldi va Auger loyihasining faxriy vakiliga aylandi. „Atom Bulletini“ olimlari kengashi aʼzosiga aylandi.
Hayoti va taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jeyms Kronin 1931-yil, 29-sentyabrda tugʻilgan. Uning otasi Jeyms Farley Kronin Chikago universitetining klassik tillar yoʻnalishini tamomlagan edi. Uning otasi doktorlik maqomini yoqlagandan soʻng ularning oilasi Alabamaga koʻchdi, keyinchalik 1939-yilda Texasning Dallas shahriga koʻchishdi va bu yerda uning otasi Janubiy Metodistlar Universitetida Lotin va Grek tillari boʻyicha professor sifatida ishga kirdi. Bundan soʻng Kronin Dallasda qoldi va maktabni shu yerda tamomlab 1951-yilda Janubiy Metodistlar universitetida fizika va matematika sohasida bakalavr darajasini oldi.
Kronin magistrlik darajasini olish uchun ortga — Illinoisga Chikago universitetida oʻqish uchun qaytib keldi. Uning oʻqituvchilar nobel mukofoti sovrindorlari Enrico Fermi, Maria Mayer, Murray Gell-Mann va Subrahmanyan Chandrasekharlar edi. U Samuel Allisson yordami va kuzatuvi asosida oʻzining tajribaviy yadroviy fizika haqidagi tezisini yozdi.
Tadqiqotlari va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1955-yilda doktorlik maqomini olgandan soʻng Brukhaven milliy kutubxonasida Rodney Kul va Oreste Pichchionilar guruhiga qoʻshildi. Va bu yerda endigina yangi Kosmopotran zarralachar tezlatgichi qurib bitkazilgan edi. U yerda u giperon zarrachalarining parchalanishidagi paritet buzilishlarni oʻrganishni boshladi. Shu vaqt ichidi uni Princeton universitetiga 1958-yilda olib kelgan Val Fitch bilan tanishdi. Kosmopotrabdagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Kronin va Brukhaven guruhi Berkeleydagi Kaliforniya universitetiga 1958-yilning birinchi yarmi mobaynida koʻchib oʻtishdi. Kronin va Fitch bu yerda 1964-yilda yozilgan CP buzilishi asosi boʻlgan neytral K-mezonlarining yemirilishini oʻrgandi. Bu topilma ikki olimga 1980-yilda nobel mukofoti olib keldi. Bu kashfiyotdan soʻng Kronin Fransiyaning Saklay qismidagi Yadroviy markazda bir yil vaqtini oʻtkazdi. Prinstonga qaytgach u neytral CP buzilishining neytral K-mezonlari yemirilishi bilan bogʻliq qismini oʻrganishni davom ettirdi. 1971-yilda u Chikago universitetiga toʻliq professor sifatida qaytib keldi. Aslida uni Fermi labaratoriyasi yaqinida qurilayotgan 400 Giga Elektronvoltlik zarra tezlatkichi jalb qilgan edi.
Chikagoga koʻchib oʻtgandan soʻng, uzoq davom etgan tajriba orqali katta transvers impulslarda zarralarning yaratilishini oʻrgandi. Fizik olim Pierre Prou va kollegiya natijasida biz juda koʻp narsa oʻrgandik deydi. Bundan soʻng Kronin CERNda 1982-1983-yillarda ish olib bordi va u neytral payon zarrachasining hayot davomiyligini oʻlchadi. U keyinroq kosmik nurlarni oʻrganishga shoʻngʻidi. Dastlabki bir qancha izlanishlar kosmik nurlarning nuqtaviy manbasini aniqlashga qaratildi. Ammo hech qanday manba topilmadi. 1998-yilda u Yuta universitetiga Ultra-yuqori kosmik nurlar fizikasi va Pierru Auger Observatoriyasi proyektini yakunlash uchun yarim stavka ishga joylandi. Uning tayinlanishi besh yil davom etishi kerak edi, biroq u bir yildan soʻng Alan Uotson va Murat Boratav bilan rasadxonaga xalqaro yordam yigʻishni davom ettirish uchun ketdi. Kronin 2008-yil may oyida Prezident Jorj V. Bush nomiga yuborilgan maktubni imzolagan 20 nafar amerikalik fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri boʻlib, uni „2008-Moliya yilida Omnibus Axborotlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasida fundamental fan tadqiqotlariga yetkazilgan zararni bartaraf etish“ga chaqirdi. Energetika departamentining Fan boʻlimi , Milliy fan jamgʻarmasi va Milliy standartlar va texnologiyalar instituti uchun qoʻshimcha favqulodda moliyalashtirishni soʻradi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1954-yil u aspiranturada oʻqish mobaynida turmushga chiqqan rafiqasi Annet Martin bilan uchrashdi, U Chikago universitetining maxsus tadbirlar boʻyicha direktori edi. Ularning 3ta farzandi bor: ikki qiz — Ketrin (1955), Emili (1959) va bir oʻgʻil — Daniel (1971). 2005-yil iyun oyida Annet Martin Parkinson kasalligi asoratlaridan vafot etdi. U 71 yoshda edi.
2006-yil noyabrda u Kerol Champlinga uylandi.
2011-yil may oyida qizi Ketrin Krenston 54 yoshida oq qon kasalligidan vafot edi.
Kroninning oʻzi 2016-yil 25-avgustda, 84 yoshida vafot edi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |