Kontent qismiga oʻtish

Katherine Schwarzenegger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katherine Schwarzenegger
Tavalludi 13-dekabr 1989
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Yozuvchi
Turmush oʻrtogʻi
Chris Pratt (turm. 2019)
Bolalari 2
Otasi Arnold Schwarzenegger
Onasi Mariya Shrayver

Ketrin Shvartsenegger Pratt[1] — amerikalik yozuvchi. U oʻz-oʻzini rivojlantirish , kechirimli boʻlish va kollejdan keyin oʻz yoʻlini topish kabi mavzularda uchta kitob yaratgan; U, shuningdek, it asrab qolish haqida bolalar uchun kitob yozgan. Shvarzsenegger Arnold Shvartsenegger va Mariya Shriverning to'ng'ich farzandi. Ona tomondan Shvarzneger Kennedi oilasiga borib taqaladi. U AQSH ning sobiq prezidenti Jon Kennedi va senator va sobiq prezidentlikka nomzod boʻlgan Robert Kennedi va Ted Kennedilarning nabirasi hisoblanadi

Erta hayot va oila

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvartsenegger asli avstriyalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvartsenegger hamda jurnalist va yozuvchi Mariya Shriverning toʻngʻich farzandi. U onasi tomonidan bobosi va buvisi Yunis va Sargent Shriver orqali kelib chiqishi irland va nemis. Uning buvisi prezident Jon Kennedining singlisi bo'lgan, bobosi esa AQShning Fransiyadagi elchisi va 1972-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzod bo'lgan.[2]

Uning singlisi va ikki ukasi, jumladan Patrik bor.[3][4][5] Bundan tashqari oʻgay ukasi ham bor[6]

Karyera va advokatlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ketrin va uning ukasi Patrik, 2010-yil 17-oktabr

2010-yilda u " Oʻzingizda bor narsani qo'ying: oldingizdagi va orqangizdagi odamning ichki va tashqi goʻzalligini sevish sirlari " nomli kitob yozdi.[7] Unda Shvartsenegger o'zining shaxsiy sayohatini tasvirlab beradi va boshqa yosh ayollarni o'ziga ishonch va ijobiy imijga erishishga undaydi. U to'rtinchi va yettinchi sinflar orasida tana koʻrinishi bilan bog'liq muammolarga duch kelgan, ammo hozir oʻzining jismoniy va aqliy salomatligini mashqlar va yoga orqali nazoratda tutadi[8]

2012-yilda Janubiy Kaliforniya universitetini tamomlagandan so'ng keyingi ishi nima boʻlishini bilmas edi. Shvartsenegger turli odamlardan, xususan, sportchilar, qo'shiqchilar, tadbirkorlar va aktyorlardan karyera bo'yicha maslahat oladi.[9] Va boshqalardan olgan maslahatlarini oʻzining ikkinchi kitobida jamladi - "Men universitetni bitirdim... Endi nima qilaman?- va ushbu kitob 2014-yilda kollej bitiruvchilari uchun " uchun qo'llanma" sifatida chiqarilgan.[10]

2017-yilda Shvartsenegger “ Maverik va men ” nomli bolalar uchun kitob yozdi. Kitob oʻzining omon qolishi va iti Marverikning asrab olinishi haqida hikoya qiladi. Kitobda o'z tajribasidan kelib chiqib "asrab oluvchi"lik, uy hayvonlarini asrab olish va qutqarishning afzalliklari haqida hikoya qiladi.[11] 2019-yilda u Pedigree bilan hamkorlik qilib, itlarni asrab olish muhimligini muhokama qiladigan cheklangan seriyali eshittirishni o'tkazdi.[12]

" Kechirimlilik tuhfasi: kechira olmaslikni yengib o'tganlarning motivatsion hikoyalari" kitobi Shvartseneggerning kechirimlilik haqidagi hikoyalar to'plamidan iborat so'nggi kitobidir. Kitobda Elizabeth Smart va Tanya Braun (Nikol Braun-Simpsonning singlisi) kabi 22 kishining hikoyalari mavjud.[13]

Shvartsenegger Amerika hayvonlarga nisbatan tajovuzning oldini olish jamiyati elchisi[11] va shu bilan birgalikda "Hayvonlarning eng yaxshi doʻstlari jamiyati"ni qoʻllab-quvvatlaydi.[14]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvartsenegger 2018-yilda aktyor Kris Pratt bilan uchrashishni boshlaydi. Ular yanvar oyida unashtirilganliklarini e'lon qilishdi va 2019-yil iyun oyida turmush qurishdi[15][16] Hozirda baxrli oilaning ikki qizi bor, biri 2020-yil avgustda, ikkinchisi 2022-yil may oyida tug'ilgan[17][18]

Adabiyotlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Katherine Schwarzenegger Pratt's book tackles forgiveness“. ABC News (11-mart 2020-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  2. „Governor Arnold Schwarzenegger's Brentwood High School Commencement Speech“. gov.ca.gov (7-iyun 2008-yil). 18-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2008-yil.
  3. Pace, Eric. „Chronicle“. The New York Times (24-iyul 1991-yil). Qaraldi: 18-aprel 2008-yil.
  4. Brozan, Nadine. „Chronicle“. The New York Times (21-sentabr 1993-yil). 26-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2008-yil.
  5. Brozan, Nadine. „Chronicle“. New York Times (30-sentabr 1997-yil). Qaraldi: 18-aprel 2008-yil.
  6. „Schwarzenegger's son with housekeeper born days after Shriver gave birth“. Chicago Tribune. 17-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. "Read Katherine Schwarzenegger's 'Rock What You've Got'", Good Morning America, September 16, 2010
  8. "Katherine Schwarzenegger shares advice on body image", USA Today, September 13, 2010. Retrieved January 28, 2014.
  9. McKenzie, Lesley. „I Just Graduated...Now What? Katherine Schwarzenegger Shares the Best Advice from Her New Book“ (en). Teen Vogue. 17-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2018-yil.
  10. Wong, Stephanie. „You Should Fail to Succeed—Katherine Schwarzenegger Tells Us Why“ (en-US). POPSUGAR Career and Finance. 17-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2018-yil.
  11. 11,0 11,1 „Schwarzenegger daughter puts heart into book about adopting dog“. ajc. 11-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2018-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "ajc.com" defined multiple times with different content
  12. Warner. „Katherine Schwarzenegger Hopes New Podcast 'The Dog That Changed Me' Inspires Others to Adopt“ (en). People (2019-yil 21-may). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  13. „Katherine Schwarzenegger Pratt's book tackles forgiveness“ (en). ABC News. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  14. FOX. „Katherine Schwarzenegger: Holiday gifts that give back“ (en-US). KTTV. 11-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2018-yil.
  15. „Chris Pratt and Katherine Schwarzenegger Are Engaged: 'Sweet Katherine, So Happy You Said Yes!'“. People. Time Inc. (14-yanvar 2019-yil).
  16. „Chris Pratt and Katherine Schwarzenegger's 'Romantic' and 'Beautiful' Wedding — All the Details“ (en). PEOPLE.com. Qaraldi: 2019-yil 10-iyun.
  17. „Chris Pratt and Katherine Schwarzenegger welcome first child together“ (en). The Independent (2020-yil 10-avgust).
  18. Dicker, Ron. „Katherine Schwarzenegger And Chris Pratt Welcome Second Daughter“. HuffPost (23-may 2022-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.

Qoʻshimcha havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Kennedy family