Koʻl (qishloq)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻl | |
---|---|
qishloq | |
39°3′0″N 66°50′0″E / 39.05000°N 66.83333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Aholisi (2021) |
1 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 70 |
|
Koʻl — Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi qishloq. Tuman markazidan 84 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloqda 1500 dan ortiq aholi istiqomat qiladi[1].
Qishloqda 4 oy havo issiq boʻladi, qolgan vaqt yomgʻir, qor yog‘adi. Qishloq toʻrt tarafdan togʻlar bilan oʻralgan.
Qishloq aholisining asosiy daromadi kartoshka yetishtirib sotishdan keladi. Bundan tashqari chorvachilik va togʻ etaklaridagi qir-adirlarda dehqonchilik qilib kun kechirishadi. Koʻl qishlogʻi Hojiak va Hazrati Sulton togʻlari oʻrtasida joylashgan boʻlib, ilgari uning joyida koʻl boʻlgan. Shu sabab qishloq nomi Koʻl deb nomlangan. Hazrati Sulton ziyoratgohi qishloqdan 18 kilometr uzoqlikda boʻlib, dengiz sathidan 4646 metr balandlikda joylashgan. Qishloq yaqinida joylashgan Hisorak suv ombori uzunligi qariyb 4 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu suv ombor Sharof Rashidov davrida qurib bitkazilgan boʻlib, chuqurligi 138 metrni tashkil etadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]