Lavrentiy qirlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lavrentiy qirlari - Shimoliy Amerikaning shim.-sharqiy qismidagi qirlar. Kanada va qisman AQSH hududida. Shimoliy va shim.-sharkdan Atlantika okeani oʻrab turadi. Maydoni 5 mln. km². Balandligi 200–400 m, sharqiy qismi (Labrador yarim orol) nisbatan balandroq (Tornga togʻi, 1676 m). Lavrentiy qirlari gneys, kristalli slanets, granit, dioritlardan tuzilgan. Temir rudasi, nikel, oltin, uran va boshqa foydali qazilmalarga boy. Pleystotsenda muz bilan qoplangan. Muz oʻygan chuqurliklarda koʻllar paydo boʻlgan. Lavrentiy qirlari moʻʼtadil va subarktika iqlim minta-qalarida joylashgan. Qishning uzoq, yozning salqin va qisqa bulishida Labrador sovuq oqimining taʼsiri bor. Toʻng yerlar, koʻl va daryo koʻp. Yirik daryolari: Cherchill, Nelson, Bak va boshqa Daryolari serostona, bahorda toʻlib oqadi. Shim.dan janubga tomon tundra, oʻrmon-tundra va tayga zonalari almashib boradi. Mox, lishaynik, qayin, oq qaragʻay, tilogʻoch, zarang, oq qayin oʻsadi. Shimol bugʻusi, qutb tulkisi, lemming, qutb boʻrisi, qora ayiq, suvsar, bobr, ondatra va boshqa yashaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |