Logʻon kanali
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Logʻon kanali — Fargʻona vodiysidagi kanal. Uzunligi 32,6 km. 1939-yil 17 kun ichida 14 ming kishi ishtirokida qazilgan. Kanal qurilishida 338 ming m3 tuproq qazish ishlari bajarildi va bir qancha gidrotexnik inshootlar qurildi. Kanal sersuv Isfayramsoyni kamsuv Shohimardonsoy bilan birlashtiradi. Logʻon kanali ishga tushirilishi Fargʻona vodiysidagi ayrim tumanlarning suv bilan taʼminlanishini yaxshiladi va 20 ming ga qoʻshimcha yangi yer oʻzlashtirish imkonini berdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |