Madaniy suralar
Madaniy suralar - Muhammad (sav)ning Madina shahriga hijrat qilganlaridan keyin nozil boʻlgan. Qurʼoni karimning juda koʻp oyatlari bu shaharda nozil boʻldi. Madinada jamiyatning oʻziga xos xususiyatlari va odamlarning yashash sharoitlari Makka shahridan farq qilardi. Madinada musulmonlarning vaziyati oʻzgara bordi. Ular asta-sekin qudratga erishdilar. Bu shaharda ahli kitob va munofiqlar kabi guruhlar bor edi. Shu sababli bu yerda juda koʻp voqea-hodisalar roʻy berdi. Madaniy sura va oyatlarni ajratib turuvchi umumiy qoidalar shundan iboratki, unda ibodat, muomalat (oldi-berdi va savdo munosabatlari), jazo, shariʼat hukmlari, oilaviy tartib qoidalar (nikoh, taloq va shu kabi masalalar), meros masalalari, ijtimoiy aloqalar, urush va tinchlik holatida xalqaro munosabatlarning yoʻlga qoʻyilishi, idora qoidalari va qonunchilik masalalari, ahli kitoblarga (yahudiy va nasroniylarga) qaratilgan xitob va ularning Islomga chorlanishi, munofiqlarning tutgan yoʻllarini fosh qilish va shuningdek, shariatni aniq belgilash, maqsad va vazifalarini oydinlashtirib berish kabilar zikr qilingan. Madaniy suralar oyatlari uzunligi, farz amallar yoki jazo turlari bayon qilingani, munofiqlar zikri kelgani, ahli kitoblar bilan bahs munozaralar borilgani va oyatlarining أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا يَا Yaʼni: Ey, imon keltirganlar! lafzi bilan boshlanishi bilan alohida ajralib turadi.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼon
- ↑ arxiv nusxasi, 2018-07-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-07-13