Kontent qismiga oʻtish

Malik Abdurazzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malik Abdurazzoqov
 OʻzSSR Ta'minot vaziri
Mansab davri
1970-yil yanvar – 1973-yil 13-iyun
 Oʻzbekiston LKSM MQ birinchi kotibi
Mansab davri
1951-yil yanvar – 1952-yil dekabr
Vorisi Qayum Murtazoyev
 Oʻzbekiston KP Toshkent shahar qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1952 – 1955
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Siroj Nuriddinov
 Oʻzbekiston KP Toshkent viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1964-yil dekabr – 1970-yil yanvar
Oʻtmishdoshi Uning oʻzi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotib sifatida saqlanib qoldi; Pyotr Kaymakov Oʻzbekiston KP viloyat qoʻmitasi sanoat boʻyicha birinchi kotib sifatida
Vorisi Mirzamahmud Musaxonov
 Oʻzbekiston KP Toshkent viloyati qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotibi
Mansab davri
1963-yil yanvar – 1964-yil dekabr
Oʻtmishdoshi Uning oʻzi Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi sifatida
Vorisi Uning oʻzi Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi sifatida
 Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1961-yil fevral – 1963-yil yanvar
Oʻtmishdoshi Rasul Gʻulomov
Vorisi Uning oʻzi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotib sifatida saqlanib qoldi; Pyotr Kaymakov Oʻzbekiston KP viloyat qoʻmitasi sanoat boʻyicha birinchi kotib sifatida
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1919
Namangan, Oʻzbekiston
Vafoti 1973-yil 15-iyun
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS (19401973
Taʼlim Namangan pedagogika oʻquv yurti
VKP (b) MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi
Mukofotlari

Malik Abdurazzoqovich Abdurazzoqov (1919-yil avgust1973-yil 15-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston sovet partiya yetakchisi, Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1961—1970).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yil avgustda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati - oʻzbek. 1938-yilda Namangan pedagogika texnikumini tamomlagan.

1933—1940-yillarda Oʻzbekiston SSR xalq ta’limi tizimida oʻqituvchi, maktab direktori, Namangan shahar maorif boʻlimi inspektori lavozimlarida ishlagan.

1940-yildan KPSS (b) aʼzosi. Xuddi shu yildan komsomol va partiya ishida faoliyat boshlagan.

1944—1948-yillarda Oʻzbekiston Komsomoli MK kotibi, ikkinchi kotibi, 1948—1951-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi boʻlib ishlagan.

1948-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini sirtdan tamomlagan.

1951-yil yanvarda Oʻzbekiston komsomoli Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi etib tayinlandi.

1952-yil dekabrdan 1955-yil aprelgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, soʻngra 1961-yilgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi.

1961-yil fevraldan 1963-yil yanvargacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi.

N. S. Xrushchev tashabbusi bilan partiya va xoʻjalik apparatini qayta tashkil etish jarayonida 1963-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent qishloq okrug qoʻmitasining birinchi kotibi (1964-yil dekabrigacha) etib tayinlandi.

1964-yil dekabridan 1970-yil yanvarigacha yana Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ishladi.

1970-yil yanvaridan to vafotigacha Oʻzbekiston SSR ta’minot vaziri boʻlgan.

1961—1971-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.

SSSR Oliy Kengashining 4, 5, 6, 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan.