Mavze
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mavze — joy. Shaharning ayrim nomlar bilan yuritiladigan qismlari. Masalan, Koʻkcha mavzesi, Boʻrjar mavzesi, Beshyogʻoch mavzesi va hokazo. Qad.da shahar devoridan tashqarida joylashgan, shaharliklarning xususiy mulki hisoblangan joylar M. deb atalgan. M.larda shaharliklarning yoz paytida koʻchib chiqadigan bogʻlari joylashgan. Qad.dan bu joylar garchi qisman boʻlsada, mahalla ahllarining umumiy joyi boʻlgan, baʼzi hollarda bu joylar shahar ichidagi mahallalarning nomlari bilan bir xilda atalgan (mas, Toshkent shahrida Chuvalachi, Yangiariq, Xiyobon, Taxtapul va hokazo). Bunday M.lar Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Namangan, Andijon va boshqa shaharlarida ham boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |