Messier 38
M 38 tarqoq toʻdasi (shuningdek, Messiye Obyekti 38 yoki NGC 1912 nomi bilan ham tanilgan) Aravakash yulduz turkumidagi tarqoq toʻdadir.
Kashfiyot tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻda 1654-yilgacha Jovanni Battista Godierna tomonidan kashf etilgan. Bundan qatʼiy nazar, u 1749-yilda Le Gentil tomonidan topilgan.
Qiziqarli xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]M38 Yerdan 4200 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan.
Kuzatishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]M38 uchta mashhur Aravakash tarqoq toʻdalarining eng xirasidir. Uni, butun yulduz turkumi singari, kuzdan bahorgacha kuzatish mumkin. Durbin yordamida uni Aravakashning θ-ı kesmasining oʻrtasidan topish qiyin emas. Oʻrtacha (100-127 mm) optikli teleskopda toʻda qush iziga oʻxshash shaklda toʻplangan bir necha oʻnlab oq va sargʻish yulduzlarga boʻlinadi, romantik insonlar bu toʻdani „Dinozavrning izi“ deb ataydi.
M 38 dan janubda (taxminan yarim daraja) biroz ixchamroq va xira NGC 1907 yulduz toʻdasini topish mumkin.
Messiye katalogidagi osmon qoʻshnilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- M 36 — (janubiy-sharqqa bir-ikki daraja) yorqinroq, ammo yulduzlarga boy boʻlmagan toʻda;
- M 37 — (yanada janubi-sharqda) Aravakashning uchinchi yorqin toʻdasi;
- M 45 — „Pleyadalar“ (janubi-gʻarbda, Savr yulduz turkumida);
- M 1 — (janubda, Savr yulduz turkumida) mashhur „Qisqichbaqasimon“ tumanlik;
- M 35 — (janubi-sharqda, Egizaklar turkumida) yorqin tarqoq toʻda.
"Messiye Marafoni" dagi kuzatishlar ketma-ketligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]… M 45 → M 1 → M 38 → M 36 → M 37 …