Kontent qismiga oʻtish

Mushrik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mushrik (arab. sheriklik, xudoning sheriklari bor, degan tushunchadan) — koʻpxudolikning arab qabilalari oʻrtasida islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va hokazolarga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga eʼtiqod qilgan. Mushrik tushunchasi Qur’onda xudoni yakka deb eʼtirof etmay, uning sheriklari bor, yaʼni xudolar koʻp, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar taʼlimotiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav) yakkaxudolik taʼlimotini targʻib qilib, mushriklikni qoralaganlar, islom taʼlimoti mushrikka qarshi kurash jarayonida shakllangan.

Oʻxshash maqola

[tahrir | manbasini tahrirlash]