Nitrotsellyuloza
Nitrotsellyuloza, sellyuloza nitrati — sellyuloza (kletchatka) va nitrat kislotalarning murakkab efirlari. Umumiy formulasi [C6H7O2(OH)3-x(ONO2)X]n. Zichlashmagan, oq yoki sargʻish tolasimon massa. N. eng toʻngich polimer material, uni ilk bor fransuz kimyogari A. Brakonno 1882-yilda olgan. Zichligi 1,58—1,65 g/sm1, suvda erimaydi. Nitrotsellyulozaning qanday maqsadda qoʻllanishi tarkibidagi azot miqdoriga qarab belgilanadi. Amalda quyidagi turlari qoʻllanadi (qavsda azot miqdori berilgan): kolloksilin (10,7—12,2%), prioksilin №2 (12,2— 12,5%) va piroksilin №1 (13,0—13,5%). Kolloksilin selluloid, plastmassa, fototasma, nitrolok, nitroyelim va nitroemal ishlab chiqarilishida, piroksilinlar tutunsiz porox, dinamit va boshqa portlovchi moddalar tayyorlashda qoʻllanadi. Nitrosellyulozani keyinchalik rus olimi Mendeleyiv aniqlagan. Uni Sellyulozaga sulfat kislota katalizatorligida nitrat kislota bilan tasirlashtirib olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |