Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2024-11)
OsiyogaIslom dini VII asrlarda, paygʻambar Muhammad paygʻambar hayotligida kirib kelgan. 2020-yilgi statistik maʼlumotlarga koʻra, Osiyodagimusulmonlarning umumiy soni 1,3 milliardga yaqinni tashkil etadi. Islom dini Osiyoda eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Butun dunyo boʻyicha Osiyo dunyodagi eng koʻp musulmon aholi istiqomat qiluvchi qitʼa sanalib[1], butun dunyo musulmonlarining qariyb 62 foizi aynan shu qitʼada yashaydi. Indoneziya, Pokiston, Hindiston va Bangladesh kabi mamlakatlar esa eng koʻp musulmon aholiga ega davlatlar sanalishadi. Gʻarbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo hududlari, ayniqsa, musulmon aholiga ega muhim mintaqalardir. Islom tarixining eng boshidan buyon Osiyo qitʼasida, xususan, Gʻarbiy va Janubiy Osiyoda koʻplab islom tarafdorlari yashab kelishgan.
Islom dinining Arabiston yarimorolidan tashqarida va qitʼaning boshqa qismlarida keng tarqalishi Gʻarbiy Osiyoni Xitoy bilan bogʻlovchi keng savdo yoʻllari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Barmakiylar oilasi Abu Muslim HarakatiningUmaviylarga va As-Saffohga qarshi dastlabki tarafdori edi. Bu Xolid ibn Barmakiyga katta taʼsir koʻrsatadi, uning oʻgʻli Yahyo ibn Xolid (vafoti: 806) xalifa al-Mahdiy (hukmronligi: 775—785) va Horun ar-Rashidning (hukmronligi 786—809) vaziri boʻlgan. Yahyoning oʻgʻillari al-Faxl va Jaʼfar (767—803) Horun ar-Rashidning qoʻl ostida yuqori lavozimlarda ishlaganlar. Barmakiylarning koʻplab vakillari ilm-fan homiylari va namoyondalari boʻlishgan, bu esa qoʻshni Gundishapur akademiyasidan arab dunyosiga hind ilmi va ilm-fanining tarqalishiga katta yordam bergan. Barmakiylar Jobir ibn Xayyom va Jabril ibn Buxtishu kabi olimlarga homiylik qilganlar. Bagʻdodda ilk bor qogʻoz fabrikasining tashkil etilishida ham ularning katta hissasi bor. Barmakiylarning oʻsha davrdagi kuchi "Ming bir kecha kitobi"da oʻz aksini topgan.
Xalifalikning ilk hukmdorlarining aksariyati barmakiylar boʻlgan. Xolid ibn Barmak Mansura, Sind va Bagʻdod shaharlarini bunyod ettirgan. Uning oʻgʻli esa hozirgi Ozarbayjonning hokimi boʻlgan.
↑„Statistik Umat Menurut Agama di Indonesia“ (id). Kementerian Agama Republik Indonesia (2018-yil 15-may). — „Muslim 231 Million (86.7), Christian 20.45 Million (7.6), Catholic 8.43 million (3.12), Hindu 4.65 million (1.74), Buddhist 2.03 million (0.77), Confucianism 76.630 (0.03), Others/Traditional faiths 126.51 (0.04), Total 266.5 Million“. 2020-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.