Kontent qismiga oʻtish

Penang suzuvchi masjidi

Koordinatalari: 5°28′07.2″N 100°16′41.9″E / 5.468667°N 100.278306°E / 5.468667; 100.278306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Penang suzuvchi masjidi
malaycha: Masjid Terapung Pulau Pinang
malaycha: Masjid Terapung Tanjong Bungah
Penang suzuvchi masjidi
Mamlakat  Malayziya
Penang shtati Jorjtaun shahri
Koordinatalar 5°28′07.2″N 100°16′41.9″E / 5.468667°N 100.278306°E / 5.468667; 100.278306
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Yaqin sharq va mahalliy meʼmorchilik uslublari

Penang suzuvchi masjid (malaycha: Masjid Terapung Pulau Pinang), shuningdek, Tanjong Bungah suzuvchi masjid (malaycha: Masjid Terapung Tanjong Bungah) sifatida ham tanilgan ushbu bino Malayziyaning Penang shati Jorjtaun shahrida joylashgan[1][2].

Masjidning ichki qismi

Kichik masjid ilk marotaba 1967-yilda Tanjong Bungahda qurilgan, keyinchalik 1977-yilga kelib, 500 namozxonni binoda qabul qilish uchun masjid hududi kengaytirilgan. Masjidga tashrif buyuruvchi aholi soni ortib borganligi sababli bino mahalliy musulmon aholisi uchun juda kichik boʻlib qolgan, biroq hududni yanada kengaytirish uchun joy yetishmasligi sababli dengizda masjid qurish gʻoyasi taklif qilingan. Yangi masjid qurilishi 2003-yilda boshlangan boʻlib, ushbu qurilishga umumiy 15 million RM sarflangan[3]. Bino ilk marotaba 2005-yilning yanvar oyida jamoatchilik uchun ochib berilgan. Penang suzuvchi masjidi 2007-yil 16-martda beshinchi Malayziya Bosh vaziri Datuk Seri Abdulloh Ahmad Badaviy tomonidan rasman ochilgan[4].

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Penang suzuvchi masjidi suzuvchi masjid deb nomlansa-da, aslida bino ustunlar asosiga qurilgan, faqatgina toʻlqinlar koʻtarilgandagina bino suv ustida suzuvchi koʻrinishga ega boʻladi. Masjid dizayni Yaqin Sharq va mahalliy meʼmorchilik uslubi uygʻunlashuvidan iborat boʻlib, bitta minoraga ega. Bino bir vaqtning oʻzida 1500 nafar namozxonni sigʻdira olad[5].

  1. „Floating Mosque of Tanjung Bungah“. Time Out.
  2. „Floating Mosque, Toy Museum, and 8 Other Must-See Attractions in Penan“. 24seven to Anywhere. 2019-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Zuhainy Zulkiffli. „Pernah dibadai tsunami“. My Metro (2017-yil 18-avgust).
  4. „Bid to undermine Islam Hadhari won't shake government says Abdullah“. Star Online (2007-yil 17-mart).
  5. Chronicle of Malaysia: Fifty Years of Headline News, 1963-2013 Philip Mathews: . Didier Millet Sdn. Bhd., 28 February 2014 — 312-bet. ISBN 978-9671061749.