Kontent qismiga oʻtish

Pifagor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pifagor
Tavalludi Miloddan avvalgi 570 yil
Vafoti Miloddan avvalgi 490 yil
Fuqaroligi Samos
Otasi Mnesarchus

Pifagor (qadimgi yunoncha: Πυθαγόρας ὁ Σάμιος; taxminan miloddan avvalgi 580, Samos — 500, Metapont) — yunon matematigi, faylasuf, quldor aristokratiyaning gʻoyaviy targʻibotchisi. 530-yildan Janubiy Italiyadagi Krotone shahrida, keyinroq Metapont shahrida yashagan. Krotoneda falsafiy maktab, siyosiy partiya va diniy birodarlikni mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar ittifoqi) tuzadi. Pifagor falsafasida son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.

Matematika tarixida Pifagor geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga koʻtargan, toʻgʻri chiziqli shakllar geometriyasini tuzgan, oʻxshashlik haqidagi taʼlimotni yaratgan, toʻgʻri burchakli uchburchak haqidagi teoremani isbotlagan (bu teorema Pifagordan 1500-yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz maʼlum boʻlgan), ayrim muntazam koʻpburchak va koʻpyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda, juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proporsiyalar Pifagor nomi bilan bogʻlanadi. Pifagor maktabining matematikani sistemalashtirishdagi roli katta boʻlgan.

  • Istoriya matematiki drevneyshix vremyon do nachala XIX stoletiya, t. 1., M., 1971.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil