Pyotr III Fyodorovich
Qiyofa
Pyotr III Fyodorovich, Karl Pyotr Ulrix [1728.10(21).2, Kil, Germaniya — 1762.7(18).7, Ropsha, Peterburg yaqinida] — Rossiya imperatori (1761—62). Nemis gersogi Karl Fridrix va Pyotr I ning qizi — Anna Petrovnaning oʻgʻli; Yekaterina II ning eri. Rossiyaning milliy manfaatlariga qarshi Prussiya bilan sulh tuzgan, bu sulh Yetti yillik urushda rus qoʻshinlarining gʻalabasi nati-jalarini yoʻqqa chiqargan. Armiyaga nemis tartiblarini joriy qilgan. Xo-tini Yekaterina tomonidan uyushtirilgan toʻntarish natijasida taxtdan tushirilgan va oʻldirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |