Kontent qismiga oʻtish

Qasmaldoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qasmaldoqboshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda yuvenil Q.i, uch dyumli Q., yettiboʻgʻim Q., yoyilgan Q. kabi turlari uchraydi. Poyasi tirsaksimon bukilgan. Boʻyi 20—50 sm. Barg novlari siyrak tukli yoki tuksiz. Boshoqlari nashtarsimon, tasbehsimon, silindrsimon. Aprel-iyul oylarida gullaburugʻlaydi. Barcha turlari choʻl, adirlarda, togʻ etaklarida, bahori ekinlar dalalarida, shudgor va boʻz yerlarda oʻsadi. Chorva mollari uchun yaxshi yemxashak.