Qorachoylar
Qorachoylar (oʻzlarini таулу deb atashadi) — turkiy xalq. asosan, Rossiya Federatsiyasidagining Qorachoy Cherkasiya Respublikasi va Stavropol oʻlkasida yashaydilar. RF da 192 mingdan ortiq (2002). Qorachoylarning kichik guruhlari Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya va AQShda yashaydi. Qorachoy tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Qorachoylarning shakllanishida Shimoliy Kavkazning mahalliy togʻliq qabilalari hamda bulgʻor, qipchoq va alanlar qatnashgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda Qorachoylar Katta Kabarda taʼsirida boʻlganlar. 1828 yil Rossiya imperiyasi tarkibiga kirganlar. 1943-yil Qorachoylar oʻz yurtidan Oʻrta Osiyo va Qozogistonga majburan koʻchirilganlar. 1957-yil Qorachoylar oʻz joylariga qaytib kelganlar. Asosiy mashgʻulotlari yaylov chorvachiligi va dehqonchilik boʻlgan.
Hunarmandchilikning har xil turlari; zardoʻzlik, namat ishlab chiqarish, yogʻoch oʻymakorligi, gʻilam toʻqish, sangtaroshlik va hokazo rivojlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |