Quvasoy
Quvasoy | |
---|---|
shahar | |
40°18′0″N 71°58′0″E / 40.30000°N 71.96667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Fargʻona |
Hukumat | |
• Hokim | Zafarjon Toʻraqulov[1] |
Asos solingan | 1954-yil |
Ilk eslatilishi | XIV asr |
Qachondan beri shahar | 1957-yil |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2022) |
96,8 |
Milliy tarkib | Oʻzbeklar, Tojiklar, Ruslar, Qirg'izlar, Koreyslar |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar, provoslavlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 150900-150909 |
|
Quvasoy — Fargʻona viloyatidagi 4 ta shahardan biri. Quvasoy shahri 1954-yilda tashkil topgan. Shahar markazi Quvasoy shahri. Fargʻona shahridan janubi-sharq tomonga 22 km masofada joylashgan boʻlib, Fargʻona shahri, Quva tumani, Fargʻona tumani hamda Qirgʻiziston respublikasi bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 264 km² ni tashkil qiladi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi 96,8 ming kishidan ortiq (2022-yilgi hisob-kitoblarga koʻra), shu jumladan, shahar aholisi — 42,9 ming kishi (57,6%), qishloq aholisi — 31,6 ming kishi (42,4%). Milliy tarkibga koʻra oʻzbeklar 43,5%, tojiklar 29%, qirgʻizlar 11,5%, ruslar 7,9% boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Maʼmuriy hududiy tuzilishi jihatidan 36 ta aholi yashash punktlariga boʻlinadi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl stansiyasi bor. Quvasoyda kichik korxona, mikrofirma va boshqa turdagi korxonalar faoliyat yuritadi. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonasi, shisha, idish, gʻisht, chinni, temir-beton, uy-roʻzgʻor kimyosi zavodlari, avtokorxona, qurilish korxonalari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Quvasoy shahrida masjidlar va cherkovlar ham faoliyat yuritadi. Undan tashqari Quvasoy katta bozori ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Quvasoydan Fargʻonaga avtobus, yengil avtomabillar va xususiy taksilar qatnaydi.
Qulay tabiiy sharoit, ohaktosh, gips va turli gillarning eng boy konlari, yirik koʻmir konining yaqinligi, Quvasoydan oʻtgan temir yoʻl — bularning barchasi sovet davrida yirik sanoat markazining rivojlanishi uchun sharoit yaratdi.
Shaharda 5 ta yirik sanoat korxonasi mavjud:
- „Alesta Glass“ DP
- „Kvarts“ OAJ
- „United Cement Group“ UCG (Quvasaytsement)
- „Quvasoy chinnisi“ AJ
- „Elektroqishloq qurilish“ beton buyumlarni nazorat qilish punkti.
Sement, shifer, qurilish oynasi, konserva, shisha, temir-beton buyumlar ishlab chiqariladi.
Shaharda 8 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda:
- „TJM Deloros“ (Oʻzbek-Amerika),
- Delcons (Oʻzbek-Amerika-Italiya) hozirda ishlamayapti,
- „Imbek“ (Oʻzbek-Koreys),
- „Quvasaytsement“ (Oʻzbek-Kipr),
- „Sut vodiysi“ (Oʻzbek-Rus),
- „Fergʻona shishasi“ (Oʻzbek-Britaniya),
- Unitex LTD (Oʻzbek-Amerika),
- „Art soft ceramics“.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati +30 °C, yanvarda esa 0 °C ni tashkil qiladi.
Taʼlim va madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda „Zebuniso“ madaniyat saroyi, 29 ta umumtaʼlim maktabi (shundan 4 tasi oʻzbek va rus tillarida taʼlim beriladi), shulardan 2 tasi gimnaziya ([ayrim fanlar chuqurlashtirilgan maktab]) va 1 ta Prezident maktabi va undan tashqari 2854 oʻquvchiga moʻljallangan 3 ta kasb-hunar kolleji mavjud(2020-yilgi tahririyatga koʻra). Kutubxonalar, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2 https://t.me/Quvasoyliklar_Kanali
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |