Raphinha
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rafael Dias Belloli | ||
Tavallud sanasi | 14-dekabr 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Portu-Alegri, Braziliya | ||
Boʻyi | 176 sm | ||
Ampluasi | qanot yarmihimoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona | ||
Raqami | 22 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2014 — 2015 | Avai | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015 — 2016 | Avai | (0 (0)) | |
2016 — 2018 | Vitória de Guimarães | (65 (19)) | |
2016 | → Vitória de Guimarães | (16 (5)) | |
2018 — 2019 | "Sporting" Lissabon | (24 (4)) | |
2019 — 2020 | Rennais | (22 (5)) | |
2020 — 2022 | Lids Yunayted | (65 (17)) | |
2022 — … | Barcelona | (0 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2006 — 2007 | Braziliya | (9 (3)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Rafael Diaz Belloli (portugalcha: Raphael Dias Belloli, koʻproq Rafinha portugalcha: Raphinha) — braziliyalik futbolchi, Ispaniyaning „Barselona“ klubi va Braziliya terma jamoasi qanot yarimhimoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Vitória de Guimarães“
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rafinya „Avai“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil boshida u Portugaliyaning „Vitória de Guimarães“ klubiga oʻtdi. 7-fevral kuni u Segunda Liga (Portugaliya Ikkinchi ligasi)da[1] „Ollanense“ga qarshi debyut qildi. 13-mart kuni „Paços de Ferreira“ga qarshi oʻyinda u Liga ZON Sagres (Portugaliya Primeyra-Ligasining 2008/2009 — 2013/2014 mavsum oraligʻidagi nomi)da debyut qildi[2]. 20-avgust kuni Rafinya „Vitória de Guimarães“[3] safida „Marítimo“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini urdi. 2018-yilda u 15 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
„Sporting“ Lissabon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsha yilning yozida Rafinya Lissabonning „Sporting“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 6,5 million yevroni tashkil qildi. 12-avgust kuni „Moreirense“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[4]. Sentyabr oyida Yevropa ligasi doirasida Ozarbayjonning „Qorabog“iga qarshi oʻyinda Rafinya „Sporting“ safidagi ilk golini urdi. Mavsum yakuniga koʻra u klubga Portugaliya kubogini yutishda yordam berdi.
„Rennais“
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning yozida Rafinya Fransiyaning „Rennais“ klubiga oʻtdi[5]. Transfer 21 million yevroni tashkil etdi va bu klub uchun rekord summa edi. 14-sentyabr kuni „Brestois“ga qarshi oʻyinda u Liga 1 da debyut qildi[6]. 10-noyabr kuni „Amiens“ga qarshi bahsda hujumchi „Rennais“ safidagi ilk golini urdi[7].
„Lids Yunayted“
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda Rafinya Angliyaning „Lids Yunayted“ jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil qildi[8][9]. 19-oktyabr kuni „Vulverxempton“ga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qildi[10]. 28-noyabr kuni „Everton“ga qarshi bahsda hujumchi „Lids Yunayted“ safidagi ilk golini urdi[11].
„Barselona“
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 15-iyulda u 50 million funt evaziga Ispaniyaning „Barselona“ klubiga oʻtdi, yana 5 million funt bonuslar koʻrinishida taqdim etildi[12]. 2022-yilning 19-iyulida u kataloniyaliklar safida „Inter Mayami“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi, 1 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 8-oktabr kuni JCh-2022 saralashida Venesuelaga qarshi oʻyinda Rafinya Braziliya terma jamoasi safida debyut qildi[13]. 15-oktabr kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi saralash bahsida u „dubl“ga erishdi va terma jamoadagi ilk gollarini urdi[14].
Braziliya terma jamoasi uchun gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hiosb | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2021-yil 14-oktyabr | Arena da Amazônia, Manaus, Braziliya | Urugvay | 2 :0 | 4 :1 | JCh-2022 saralashi |
2 | 2021-yil 14-oktyabr | Arena da Amazônia, Manaus, Braziliya | Urugvay | 3 :0 | 4 :1 | JCh-2022 saralashi |
3 | 2022-yil 1-fevral | Mineirao, Belu-Orizonti, Braziliya | Paragvay | 1 :0 | 4 :0 | JCh-2022 saralashi |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sporting“ Lissabon
- Portugaliya kubogi gʻolibi: 2018/19
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ольяненси VS. Витория Гимарайнш B 3:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-fevral).
- ↑ „Витория Гимарайнш VS. Пасуш де Феррейра 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-mart).
- ↑ „Маритиму VS. Витория Гимарайнш 0:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 20-avgust).
- ↑ „Морейренсе VS. Спортинг Лиссабон 1:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 12-avgust).
- ↑ „Raphinha no Rennes é a sexta maior transferência de sempre do Sporting“ (pt). Desporto (2019-yil 2-sentyabr).
- ↑ „Брест VS. Ренн 0:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 14-sentyabr).
- ↑ „Ренн VS. Амьен 3:1'“ (en). soccerway.com (2019-yil 10-noyabr).
- ↑ Rayner, Stuart. „Raphinha completes deadline-day switch to Leeds United“ (en). The Yorkshire Post (2020-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Leeds United sign winger Raphinha from Rennes for £17m“ (en). The Independent (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Лидс Юнайтед VS. Вулверхэмптон Уондерерс 0:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 19-oktyabr).
- ↑ „Эвертон VS. Лидс Юнайтед 0:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 28-noyabr).
- ↑ „Raphinha: Barcelona sign attacker from Leeds United in deal worth up to £55m“ (en). BBC Sport (2022-yil 15-iyul).
- ↑ „Венесуэла VS. Бразилия 1:3“ (en). soccerway.com (2021-yil 8-oktyabr).
- ↑ „Бразилия VS. Уругвай 4:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 15-oktyabr).