Saks-Altenburg malikasi Marie
Malika Marie | |
---|---|
Saks-Altenburg malikasi | |
Tugʻilishi | Eisenberg |
Vafoti | Kamenz qalʼasi |
Turmush oʻrtogʻi | Prussiya shahzodasi Albert (1837–1906) |
Uy | Saks-Altenburg |
Otasi | Ernst I, Saks-Altenburg gertsogi |
Onasi | Anhalt-Dessau malikasi Agnes |
Saks-Altenburg malikasi Marie (1854-yil 2 avgust — 1898-yil 8-oktyabr) - Brunsvik knyazligi regenti Prussiya shahzodasi Albertning rafiqasi[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marie Ernst I, Saks-Altenburg gertsogi va uning rafiqasi Anhalt-Dessau malikasi Agnesning omon qolgan yagona farzandi edi, chunki uning ukasi Georg goʻdakligida vafot etgan. Otasining unvonini meros qilib olish uchun tirik qolgan oʻgʻillari yoʻqligi sababli, uning oʻrnini Mariening amakivachchasi Ernst egallagan.
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marie 1873-yil 18-aprel kuni kechqurun Potsdamga keladi va u yerda uni bo'lajak turmush o'rtog'i Prussiya shahzodasi Albert qarshilaydi[2]. Er-xotin Bellevue qalʼasiga yoʻl olishadi, u yerda imperator ularni kutib oladi[2].
1873-yil 9-aprelda Berlinda Marie Prussiya hukmdori Frederick William IIIning nabirasi shahzoda Albertga turmushga chiqadi[1]. Boshqa xabarlarga koʻra, ular 19-aprelda turmush qurishgan[3]. Albertning ota-onasining nikohi omadsiz yakunlangan. Shu sababli ham, u oila qurishdan oldin, bir muncha vaqt kutishni tanlagan va ularning toʻyi paytida yoshi 36 da bo'lgan[4]. Tomoshabinlar to‘y marosimi boshqa to'ylardan ko‘ra ulug‘vor bo‘lganini, Dragun gvardiyalari kortejni ochib bergani hamda undan imperator va xonim tushib, marosimdaishtirok etganligini aytishgan[4]. Marie „qizlarga xos goʻzallik va kamtarona oddiy xulq-atvori“ bilan „koʻpchilikning qalbini zabt etgan“ deya taʼriflangan[4].
Bolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shahzoda Friedrich Heinrich Albrecht (1874-1940)
- Shahzoda Joachim Albert (1876-1939); Marie von Blich-Sulzer va Karoline Kornelia Stockhammerga uylangan
- Shahzoda Friedrich Wilhelm (1880-1925); Hohenlohe-Schillingsfürst malikasi Agataga uylangan
Keyingi hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1885-yilda Albert Germaniya kansleri Otto fon Bismark tomonidan lavozimidan chetlatilgan Gannover valiahd shahzodasi Ernest Avgustning oʻrniga Brunsvik gersogligi regenti etib tayinlanadi[5]. Ernest Avgust ham Mariening uzoq qarindoshi edi, chunki uning onasi qirolicha Marie Saks-Altenburg malikasi boʻlib tugʻilgan. Regentlikni qabul qilgandan soʻng, Albert va Marie asosan Brunsvik, Berlin va Kamenzda istiqomat qilishadi[5].
Malika Marie 1898-yil 8-oktyabrda Kamenz qasrida vafot etadi[1][3]. Uning dafn marosimida imperator Vilgelm II va imperator Avgusta Viktoriya ishtirok etishadi. Dafn marosimi u vafot etgan qal’ada boʻlib oʻtadi[6].
Shahzoda Albert 1906-yilda vafot etadi. U Shloss bogʻidagi Hutberge maqbarasiga dafn qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin maqbara talon-toroj qilinib, ular yana bogʻga qayta dafn etilgan.
Avlodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Princess Maria of Prussia Dies“, The New York Times, 9 October 1898 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "nyt1" defined multiple times with different content - ↑ 2,0 2,1 „Germany“, The Manchester Guardian, Berlin, 19 April 1873
- ↑ 3,0 3,1 „Princess Maria of Saxony Dead“, The Washington Post, Berlin, 9 October 1898 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "wp1" defined multiple times with different content - ↑ 4,0 4,1 4,2 „A Royal Marriage“, The New York Times, Berlin, 7 May 1873
- ↑ 5,0 5,1 „Memorial Notices“, The Manchester Guardian, 11 October 1898
- ↑ „The Kaiser Goes To A Funeral“, The New York Times, 12 October 1898