Santiago Cañizares
Umumiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Toʻliq ismi |
Jose Santiago Canizares Ruiz | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
181 sm | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ampulasi |
darvozabon | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medal | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mediafayli na Vikisklade |
Jose Santiago Canizares Ruiz (ispancha: José Santiago Cañizares Ruiz)—ispaniyalik futbol darvozaboni va poyga haydovchisi.1969-yil 18-dekabrda Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan.U Ispaniya terma jamoasi safida 45 ta oʻyin oʻtkazgan.1994,1998,2006-yillardagi jahon chempionatlari hamda,1996,2000,2004-yillardagi Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.1992-yilgi Olimpiada chempioni.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubdagi faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Canizares „Real Madrid“ tarbiyalanuvchisi.1988-yildan 1998-yilgacha Santiago jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlishga harakat qildi.Avvaliga „qaymoqranglilar“ rahbariyati futbolchini ijaraga berdi-"Elche", „Merida“ va „Selta“da (Cañizares Premerada debyut qilgan).1994-yilda Santiago ijaraga olinmadi va Madrid klubida 4 mavsum qoldi.Lekin uzoq vaqt davomida avvaliga Fransisko Buyo,keyinroq Bodo Ilgnerning oʻrinbosari sifatida qoldi.Canizares „Real“ning asosiy darvozaboni boʻlgan birinchi mavsum 1997/98-yilgi mavsum edi.Santiago 26ta,Illgner 12ta oʻyinda maydonga tushgan.
1998-yilda Canizares „Valensiya“ga koʻchib oʻtdi va u yerda faoliyatini tugatayotgan Andoni Zubizarettani alamshtirishi kerak edi.Santiago XX-asr boshlarida milliy va xalqaro maydonda oʻzini koʻrsatgan „Valensiya“ning muhim oʻyinchisi edi.Canisares bilan „koʻrshapalaklar“ 2 martadan chempionlik va mamlakat kubogini qoʻlga kiritdilar, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va UEFA kubogini qoʻlga kiritdi.2007-yil 20-dekabrda „Valensiya“ rahbariyati (mojaroning tashabbuskori oʻsha paytdagi klub bosh murabbiyi Ronald Kuman edi) Canizares (shuningdek, David Albelda va Migel Angulo bilan) bilan shartnomani bekor qildi.2008-yilning bahorida Kuman ishdan boʻshatilgandan soʻng,Canizares jamoaga qaytib, jarohat olgan „Valensiya“ darvozabonlari Timo Xildebrand va Xuan Luis Mora oʻrniga maydonga tushdi.2008-yil 18-mayda Santiago xayrlashuv oʻyinini oʻtkazdi, unda „Valensiya “ „Atletiko Madrid“ni magʻlub etdi.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Canizares Ispaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida oʻynagan.Olimpiya terma jamoasining bir qismi sifatida u Ispaniyaning Barselonada boʻlgan Olimpiada o'yinlarida gʻolib chiqdi.
Canizares Ispaniya terma jamoasida 1993-yil 17-noyabrda daniyaliklar bilan JCH-1994 saralash baxsida ispanlarning asosiy darvozaboni Andoni Zubizarreta qizil kartochka olganidan keyin debyut qilgan.Santiago oʻz darvozasini daxlsiz qoldirdi va terma jamoaga raqib ustidan juda muhim gʻalaba qozonishga yordam berdi (1:0).
Koʻpincha terma jamoada Canizares ikkinchi darvozabon boʻlgan."Qizil furiya" safida 45 ta oʻyin oʻtkazgan, atigi 5 tasida jahon va Yevropa chempionatlarida qatnashgan. Santiago 1994-yilgi jahon chempionatida bitta,Yevro-2000da 3 ta va 2006-yilgi jahon chempionatida yana bir oʻyin oʻtkazgan.Shuningdek u Yevro-1996,JCH-1998 va Yevro-2004 uchun qaydnomaga kiritilgan, ammo u bu turnirlarda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan-90-yillarda u Zubizarreta, 2004-yilda Kasilyasning oʻrinbosari boʻlgan.
Shuningdek darvozabon 2002-yilgi jahon chempionatini bemaʼni jarohati tufayli oʻtkazib yuborishi bilan mashhur:oʻz uyida Canizares oyogʻiga odekolon shishasini tashlab,Axilles payini kesib yuboradi[4].Shunga qaramay, darvozabon koʻplab uchrashuvlarda (shu jumladan Koreya Respublikasiga qarshi chorak final oʻyinida, penaltilar seriyasida ispanlar uchun 3:5 hisobida yakunlangan) tomoshabin sifatida qatnashdi.
Shahsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Canizares ikki marta uylangan.Uning yetti farzandi bor, jumladan,Mayte Garsiya bilan ikkinchi nikohidan uch egizak farzandi bor[5].
2018-yil 23-mart kuni Canizares besh yoshli oʻgʻli Santi saraton kasalligidan vafot etganini maʼlum qildi[6].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ispaniya terma jamoasida
- Olimpiya chempioni-1992
- "Real Madrid"
- Ispaniya chempioni-2002,2004
- Ispaniya kubogi sohibi-1999,2008
- Ispaniya Superkubogi sohibi-1999
- UEFA kubogi gʻolibi-2004
- UEFA Superkubogi sohibi-2004
- UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi-2000,2001
Shaxsiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zamora kubogi gʻolibi-1993,2001,2002,2004
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Santiago Cañizares // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Santiago Cañizares // FBref.com (mn.)
- ↑ Santiago Cañizares inaugura mañana en Puertollano el pabellón con su nombre (isp.) // La Información — Cádiz: 2013.
- ↑ „Не попавшие в восточный экспресс“. 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
- ↑ „Santiago Cañizares, la aventura de ser padre... de siete hijos“. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
- ↑ „Muere el hijo de Santiago Cañizares a los cinco años“. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.