Sayrob
Sayrob | |
---|---|
qishloq | |
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Boysun tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 75 |
|
Sayrob – Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli qishloq.
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqda Xoʻjai bibisabz, Xoʻjai chilla, Xoʻjai Muhammadshoh kabi muqaddas ziyoratgohlar bor. Bundan tashqari xalq orasida oʻzining mingyillik chinorlari bilan mashhur. Balandligi 26 metrga yetgan bu daraxtlarning diametri 21 metr, tanasining balandligi boʻyicha oʻlchami 9,7 metrni tashkil etadi. Kovagining balandligi yetti metrga teng. Toʻgʻri uchburchak shaklidagi kovak ogʻzi mehrobli eshikni eslatadi. Chinor kovagidan oʻtgan asr boshlarida maktab sifatida foydalanilgan. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, yaʼni 1920-yildan chinor qishloq kengashi idorasiga aylantirilgan. 1932 – 1934-yillarda birinchi otliq askarlar polkining lager kutubxonasi, 1936-yildan esa savdo doʻkoni sifatida faoliyat yuritgan[1]. Ayni paytda noyob tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan. Chinorlar kovaklari esa muzeyga aylantirilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Idora, sinf va kutubxona, savdo do‘koni». Boysundagi g‘aroyib chinor tarixi“. Kun.uz. Qaraldi: 17-iyun 2023-yil.
- ↑ „Sayrob qishlog‘i: chinor kovagidagi maktab haqida eshitganmisiz?“. Uz.A. Qaraldi: 17-iyun 2023-yil.