Kontent qismiga oʻtish

Spidometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Spidometr (ing. "speed" — "tezlik" va "meter" — "metr") — transport mashinalarining harakat tezligini (km/soatda) ko'rsatadigan asbob. Magnit induksiyali va mexanik xillari bor. Magnit induksiyali S. mashinaning uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val bilan birikkan oʻzgarmas magnit maydonining S. mili biriktirilgan disk yoki silindrda induksiyalanadigan uyurma toklar magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashuviga asoslangan. S. mili mashinaning harakat tezligiga mos ravishda buriladi. Mexanik S. markazdan qochma kuchga asosan ishlaydi (yana Taxometr). S. mexanik yoki elektr usulda mashina transmissiyasi yoki gʻildiraklaridan harakatga keltiriladi. S.ning bir uzeliga [1] transportning oʻtgan yoʻlini koʻrsatuvchi hisoblash mexanizmi oʻrnatiladi.




  1. Uzel – asosan dengizchilikda, navigatsiya va qisman aviatsiyada qoʻllaniladigan tezlik birligi. Bir uzel tezlik bu bir soatda bir dengiz milimasofasini bosib oʻtilishiga teng. 1uzel = 1852 metr/soat.