Thai Dai Van Nguyen
Thai Dai Van Nguyen | |
---|---|
Mamlakat | Chexiya |
Tavalludi | 2001-yil 12-dekabr |
Unvon | grossmeyster (2018) |
FIDEdagi reytingi | 2606 (2023-yil sentyabr) |
Eng yuqori reytingi | 2659 (2023-yil fevral) |
Eng yuqori oʻrni | 87 (2023-yil fevral) |
Thai Dai Van Nguyen (2001-yil 12-dekabrda tug'ilgan) - chexiyalik shaxmat grossmeysteri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nguyenning otasi asli vetnamlik bo'lgan tadbirkor[1].
2011-yilda Nguyen 10 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o'tkazilgan shaxmat bo‘yicha Chexiya ochiq chempionatida g‘oliblikni qo'lga kiritdi[2]. Shundan so‘ng Dai Van Nguyen 12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Chexiya shaxmat chempionatida ketma-ket ikki marta g‘olib chiqdi (2012-yil, 2013-yil)[3][4].
2016-yilda Nguyen shaxmat bo'yicha FIDE xalqaro ustasi (IM) unvoniga sazovor bo'ldi[5]. Ikki yildan so'ng FIDE grossmeyster (GM) unvonini sohibiga aylandi[6]. Shunday qilib 2018-yil 16 yoshida Nguyen Chexiyadagi eng yosh shaxmat grossmeysteriga aylandi.
2017-yilda Budapesht shahrida bo'lib o'tgan International Chess Tournaments xalqaro shaxmat turnirlarida ishtirok etdi. Turnir yakuniga ko'ra Nguyen 2 g'alaba va bir durang qayd etgan holda past natijani qayd etdi[7][8].
Nguyen turli yosh toifalarida shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati va shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etgan. Uning eng yaxshi natija - 2019-yilda Bratislavada Nguyen 18 yoshgacha shaxmatchilar guruhida shaxmat bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi[9].
Nguyen shaxmat bo'yicha 2021-yilgi Chess World Cupda o'ynadi. Turnirning birinchi raundida Adam Kozak ustidan g'alaba qozondi. Ammo Andrey Esipenkoga qarshi kechgan ikkinchi bahsda mag'lub bo'lgach, ketma-ket ikki raundda yana mag'lubiyatga uchradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Youngest chess grandmaster on his biggest victory and the secret to success | Radio Prague“. radio.cz. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - Mistrovstvi CR mladeze 2011 - H10“. chess-results.com.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - MČR mládeže - H12“. chess-results.com.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - Kategorie H12“. chess-results.com.
- ↑ „FIDE Title Applications (GM, IM, WGM, WIM, IA, FA, IO)“. ratings.fide.com.
- ↑ „FIDE Title Applications (GM, IM, WGM, WIM, IA, FA, IO)“. ratings.fide.com.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - First Saturday GM August 2017“. chess-results.com.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - First saturday GM December 2017“. chess-results.com.
- ↑ „Chess-Results Server Chess-results.com - European Youth Chess Championships 2019 Open U18“. chess-results.com.