Turkum:Xirurgik kasalliklar
Xirurgiya - klinik tibbiyotning yetakchi sohalaridan biri bo'lib, bunda kasallik asosan jarrohlik usuli bilan davolanadi. Shu bilan birga xirurgiyada diagnostika hamda terapiya, pediatriya hamda tibbiyotning boshqa sohalarida qo'llaniladigan davolashning barchaga ma'lum uslublaridan keng foydalaniladi. Shunga qaramay, xirurgiyada jarrohlik yo'li bilan davolash asosiy usul hisoblanadi va u faqat operatsiya qilish bilangina cheklanmay, balki turli amaliyotlarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Operatsiya asosan, to'qimalarga mexanik ta'sir ko'rsatish, to'qimalar kesilib patologik o'choq aniqlanib bartaraf etiladi va to'qimalar yoki ayrim tana a'zolarining normal shakli, funksiyasi tiklanadi; to'qimalar va a'zolar kesib olinib boshqa joyga ko'chiriladi. Jarrohlik yordamining ko'lami hozirgi vaqtda ancha oshdi. Ilgari faqat ichki kasalliklar mutaxassislari davolagan ko'pgina kasalliklarni endilikda
jarrohlik usuli bilan davolash natijasida bu sohada katta yutuqlarga erishilmoqda. O'pka siliga jarrohlik yo'li bilan davo qilishda, tug'ma va orttirilgan yurak illatlari xirurgiyasida, yurak, jigar, buyrak, me'da osti bezini transplantatsiya qilishda jarrohlik usullarining roli oshdi. Hozirgi zamon jarrohligi faqat mexanik ta'sir ko'rsatish vositalaridan emas, balki fizika, kimyo, biologiya va tibbiyotning nazariy fan sohalari (anatomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, immunologiya, farmakologiya) ning eng yangi yutuqlariga asoslangan turli boshqa metodlaridan ham foydalanadi.
„Xirurgik kasalliklar“ turkumidagi sahifalar
Quyida ushbu turkumga kiruvchi 22 ta sahifadan 22 tasi koʻrsatilgan.