Kontent qismiga oʻtish

Violle-le-dyuk Ejen Emmanyuel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VIOLLE-LE-DYUK (Viollet-le-Duc) Ejen Emmanyuel (27-yanvar 1814-yil, Parij – 17-sentyabr 1879-yil, Lozanna, Shveysariya) – fransuz meʼmori, meʼmorlik tarixchisi va nazariyotchisi. Meʼmoriy yodgorliklarni tiklash nazariyotchisi va amaliyotchisi. Bibi Maryam ibodatxonasi (1845, J. B. Lassyu bilan hamkorlikda), Karkason mudofaa inshooti, Perfon qalʼasi va b. binolarni taʼmirlagan. Asarlari: „Fransuz meʼmorligining izohli lugʻati“ (10 jild, 1854—1868), „Meʼmorlik haqida suhbat“ (2 jild, 1858-72) va b.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil