Yekaterina Bobrova
Yekaterina Bobrova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Yekaterina Bobrova |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi | Moskva SSSR |
Boʻyi | 166 |
Oldingi sheriklari | Dmitriy Solovyov |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 186.92 |
Qisqa dastur | 76.33 |
Erkin dastur | 111.76 |
Yekaterina Aleksandrovna Bobrova (1990-yil 28-mart, Moskva) — Dmitriy Solovyov bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Ular birgalikda 2014-yilgi Olimpiada chempionlari[1], jamoaviy musobaqalarda Koreyada boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindorlari, Yevropa chempionlari (2013), 2011, 2012, 2018-yillardagi Yevropa chempionatining uch karra kumush medallari sohibi, ikki marta 2016 va 2017-yillardagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindorlari, yetti karra Rossiya chempioni; 2007-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻlgan. Yekaterina Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katya figurali uchishni toʻrt yoshida boshlagan. Dmitriy bilan birgalikda 2000-yildan sport juftligi boʻlgan. 2012-yilgacha ular Yelena Kustarova va murabbiy Svetlana Alekseyeva qoʻl ostida mashq qilishgan.
2008-yilgi Rossiya chempionatida ular bronza medaliga sazovor boʻlishdi.
Keyingi mamlakatlar chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashib, yirik xalqaro startlarga chiqa olishmadi. 2009-yil fevral oyida ular Universiadada musobaqasida ishtirok etib, 5-oʻrinni egalladilar.
2012 — 2013-yilgi mavsumda juftlik Skate America da ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyin esa Xitoy kubogida qatnashib, bu musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. Ikkita ikkinchi oʻrin ularga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Juftlik finalda beshinchi o‘rinni egalladi. Soʻng, Rossiya chempionatida gʻolib chiqishdi.
Jahon chempionatida juftlik qisqa raqsdan soʻng jahon yetakchilaridan: Devis/Wight va Virtue/Moir dan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Erkin raqsda juftlik Anna Kappellini/Luka Lanottaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Biroq, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.
Juftlik 2013 — 2014-yilgi Cup of China mavsumida ikkinchi oʻrinni egalladi. Rossiya kubogida ular oltin medalni qoʻlga kiritib, Gran-pri finaliga yoʻl olishdi. Juftlik Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi[2].
Sportdagi yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]D. Solovyov bilan
Musobaqa/mavsum | 2015 — 2016 ㅤ | 2016 — 2017 ㅤ | 2017 — 2018 ㅤ |
---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari . Yakkaxon |
5 | ||
Qishki Olimpiya oʻyinlari. Jamoaviy |
2 | ||
Jahon chempionatlari | 5 | ||
Yevropa chempionati | 3 | 3 | 2 |
Gran-pri finali | 5 | 4 | |
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada | 3 | ||
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy | 2 | ||
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi | 1 | 2 | |
Gran-pri bosqichlari: Skate America | 3 | ||
Gran-pri bosqichlari: Xitoy-Audi kubogi | 3 | ||
Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati | 2 | ||
Mordoviya naqshlari | WD | ||
Memorial O. Nepely | 1 | 1 | |
Varshava kubogi | 1 | ||
Zagrebning Oltin Skate | 1 | ||
Rossiya chempionati | 1 | 1 | 1 |
2015-yilgacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | 2005 — 2006 ㅤ | 2006 — 2007 ㅤ | 2007 — 2008 ㅤ | 2008 — 2009 ㅤ | 2009 — 2010 ㅤ | 2010 — 2011 ㅤ | 2011 — 2012 ㅤ | 2012 — 2013 ㅤ | 2013 — 2014 ㅤ |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari . Yakka |
15 | 5 | |||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari . Jamoaviy |
1 | ||||||||
Jahon chempionatlar | 13 | 8 | 6 | 7 | 3 | WD | |||
Yevropa chempionati | 9 | 2 | 2 | 1 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 1 | ||||||||
Rossiya chempionati | 8J | 1J | 3 | 4 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Gran-pri finali | 4 | 6 | 5 | 4 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Cup of Chinma | 2 | 1 | 2 | 2 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Skate America | 2 | ||||||||
Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia | 4 | 1 | 3 | 1 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada | 5 | 6 | 4 | ||||||
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy | 4 | 4 | |||||||
Finlandia Trophy | 1 | ||||||||
Qishki Universiada | 5 |
WD = musobaqadan chiqib ketgan. J = oʻsmirlar darajasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Фигуристы открыли счет российским победам на Олимпиаде в Сочи“ (ru). РИА Новости (2014-yil 10-fevral). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
- ↑ „Мемориал Непелы. Танцы на льду: Боброва и Соловьев победили, Попова и Мозгов — третьи.“. 2019-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-oktyabr.