bilet
bilet
- bilet, chipta
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
bi-let
Aytilishi
Etimologiyasi
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
\fr. billet < lot. bulla - xatcha, rasmiy yozuvli kichik xat| 1 Biror narsa (transport vositalari)dan foydalanish, biror joyga (teatr, sport saroyi va b.) kirish huquqini beradigan hujjat, chipta. ◆ Tramvay bileti. Sirkka kirish uchun bilet. m Toʻgʻri vokzalga kelib, Qoʻngʻirot poyezdiga bilet oldim. S. Siyoyev, Yorugʻlik. ◆ Konduktor bizning roʻparamizga kelib qoldi. Men darhol Hafizaxonga iltifot qildim: -Bilet oldingizmi, yoʻqmi, Hafizaxon? "Guldasta".
2 Biror tashkilot, partiya, ijtimoiy-siyosiy guruhga yoki harbiy sohaga aʼzolikni, aloqadorlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjat. ◆ Partiya bileti. Aʼzolik bileti. Stu-dentlik bileti. Harbiy bilet, yaya◆ Xalq-demokratik partiyasining yangi aʼzolariga partiya biletlari topshirildi. Gazetadan. ◆ U yerda [tugunchada] Dadaxon akaning harbiy bileti, allaqanday tashakkurnomalar.. bor edi. E. Raimov, Ajab qishloq.
3 Imtihon savollari yozib qoʻyilgan varaqa.◆ -Bilet oling, —dedi. Imtihon pay-tida bilet nima-yu, choʻgʻ nima! Shafqat tilaganday yeyekin qarab qoʻydim. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Imtihon qogʻozini tashlab, duch kelgan bshgetni oldim. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
4 Oʻyinda pul yoki boshqa xil yutuqpar chiqishini vaʼda qilib sotiladigan huj-jatlar. Lotereya bshkti. m Joʻravoy bshget-larni qoʻliga olgach, majburlab berilgan lotereyalarga koʻpincha yutuq chiqadi, degan mish-mishlarni eslab, koʻnglida qandaydir umid uchquni yilt etdi. "Yoshlik".
Sinonimlari
Antonimlari
БИЛЕТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Ruscha ru
bilet
билет; // билетный; ◆ aʼzolik bileti членский билет; ◆ tramvay bileti трамвайный билет; ◆ bilet kascasi билетная касса.
bilet
- bilet, chipta