darvoza
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]dar-vo-za
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]DARVOZA Bu ot tojik tilida 'katta eshik' maʼnosini anglatadigan dar oti bilan (ПРС,211) 'ochiq' maʼnosini anglatadigan boz sifatidan tuzilgan darboz birligiga -a qoʻshimchasini (ТжРС,543) qoʻshib hosil qilingan; tojik tilining oʻzida bu ot tarkibidagi b tovushi v tov>tniga admashgan va shu shaklida oʻzbek tiliga olingan; 'hovliga, qoʻrgonga kiriladigan, ochilib-yopiladigan katta eshik' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 209).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
\f. ajljjj — ikki tabaqali katta eshik
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Shahar, qoʻrgʻon, qalʼa, hovli va shu kabilarga kiriladigan ikki tabaqali katta eshik, qopqa. ◆ Taxta darvoza. Temir darvoza. a ◆ Darvozaning bir tabaqasi ochiq edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Tongda, qalʼa darvozalari ochilgan hamon Avaz yoʻlga tushdi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Kun choshgohga yaqin Otabek saroy darvozasidan chiqdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
- Shahar darvozasi 1) tar. atrofi mus-tahkam qilib oʻralgan shahar qopqasi. ◆ U Xivaga borib yetguncha, shahar darvozasi ham berkilib qolgan. Oydin, „Gulsanam“ . ◆ Qip-choqlar bizning tomondan otilgan miltiq oʻqlariga chidolmay, Samarkand darvozasini tashlab, Kamolon darvozasiga yuzlandilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar; 2) shaharning ana shunday qopqasiga yopishgan, yondosh maqalla yoki mahallalar“ .
, 2 Kanallarda suvni toʻsish yoki qoʻyib
yuborish uchun ishlangan maxsus qurilma; qopqa. ◆ Qani, kanal darvozasini ochib yubor.
3 sprt. Futbol, xokkey va sh.k. oʻyin-larda maydonning raqib yoʻllagan toʻpni (shaybani) kiritmaslik uchun himoya qi-linadigan chekli qismi. ◆ Paxtakorchilar raqib darvozasiga uchta toʻp kiritdilar. Gazetadan . ◆ “Dinamo” xokkeychilari raqib darvozasiga beshta shayba urib, gʻalabaga erishdilar. Gazetadan .
4 koʻchma Imkoniyat. ◆ Bir darvoza bekilsa, Ming darvoza ochiladi. "Xalq durdonalari" .
5 koʻchma Sezgi, seza olish imkoni. ◆ Hislar uchun yaralmish yetti darvoza. U. Ismoilov, „Saylanma“ .
6 koʻchma Boshlanish, erishish, yetishish yoʻli. ◆ Goʻzallik darvozasining yoʻli — lato-fatda. Gazetadan . ◆ Bobomning bu soʻzlari menga ajoyibotlar olamining darvozasini koʻr-satib, kalitini yashirib koʻygandek tuyuldi. S. Karomatov, „Bir tomchi qon“ .
- Baxt darvozasi Baxt yoʻli, baxtga erishish imkoniyati. ◆ U seni sevmaydi. Baxtine ochilishiga ovora boʻlma, bu uyda senga baxt darvozasi berk. I. Rahim, „Ixlos“ . Bilim darvozasi Bilim olish yoʻli, bilim oʻchogʻi. ◆ Maktab — bilim darvozasi, yaʼni faqat bilim olish yoʻlini koʻrsatib beradi, xolos. P. Tursun, Oʻqituvchi. Darvozasi keng {yoki ochiq) odam Mehmondoʻst odam. ◆ Ey Habibiy, yoru doʻstlarga ochik darvozamiz. Xalqpar-var, bagʻri keng, himmatda beandozamiz. Habibiy . Himmatli boʻl, ochik boʻlsin darvo-zang, Ilmingni soch, chiksin baland ovozang. Habibiy.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ДАРВОЗА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.