Kontent qismiga oʻtish

qattiq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qat-tiq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QATTIQ 'tarkib toptiruvchilari zich joylashga — ni, uzoq turib qolgani kabi sabablarga koʻra sindirish, qirqish, chopish qiyin boʻlgan'. Bu yohning toshi u yohniki singari h a t t i h , yaxlit emas , juda boʻsh, gʻoʻrasha edi (Mirzakalon Ismoiliy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni va yana bir necha maʼnolarni anglatgan bu sifat asli 'qattiq holatga kel-' maʼnosini anglatuvchi qat- feʼlidan (ДС, 432: qat- I) -(ï)gʻ qoʻshimchasi bilan yasalgan (Devon, I, 356: qatïgʻ); oʻzbek tilida t undoshi qatlangan; keyinchalik soʻz oxiridagi gʻ undoshi q undoshiga, a unlisi ä unli — siga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qat— I + ïgʻ = qatïgʻ > qattïgʻ > qättiq. Ho — zirgi oʻzbek tili bayon qilingan adabiyotlarda qot(moq) feʼlidan -q qoʻshimchasi bilan sifat yasalganda o(â) unlisi a(ä) unlisiga almashadi" deb izoqlash mavjud; vaholanki bu sifat qadimgi turkiy tilda qat- feʼli-dan yasalgan, bu soʻz tarkibida qadimgi turkiy tildayoq iroz ortqiroq keng unli tovush qatnashgan, ana shu unli keyinchalik oʻzbek tilida ä unlisiga almashgan. Koʻ— rinadiki, hozirgi oʻzbek tilidagi o(â) unlisining a(ä) unlisiga almashuvi haqida gapirish nooʻrin. Ushbu sifat turkiy tillarda qatï (SSTGN, II, 5; ТРС, 323), katuu (КРС, 360) kabi shakllarda mavjud. Qatïgʻ (qatgiq) si-fatidan farqli holda, qatï, qatuu sifati qat— I feʼlidan -ï ( > -u) qoʻshimchasi bilan yasalgan. Demak, qatïgʻ (qattiq) va qatï soʻzlarini bir soʻzning ikki koʻrinishi deb qarash xato.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 fiz. Odatdagi sharoitda oʻz shakli va hajmini saqlaydigan. ◆ Qattiq jism. Qattiq modda. Qattiq va suyuq yoqil-gʻilar.

2 Umuman, shakl oʻzgarishlariga, tashqi taʼsirga yaxshi qarshilik koʻrsatadigan; sin-dirish, ushatish, kesish qiyin boʻlgan. ◆ Qat-tiq yogʻoch. sht Bu yoqning toshi u yerniki sin-gari qattiq, yaxlit emas, juda boʻsh, gʻoʻrasha edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Shu tosh qurutni talashasizlar. Mana, koʻrdinglarmi, qattiq tishlaringni ushatadi. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Eng nozik nihollar ham toshday qattiq yerni, qoyalardagi yoriqlarni yorib, oʻsib chiqadi. Gazetadan .

3 Badanga, qoʻlga botadigan; salga ezil-maydigan, bosilmaydigan. ◆ Qattiq oʻrin. Qattiq xamir. yat U\ Toʻlagan aka\ tikanday qattiq soqolini Sidiqjonning yuziga ish-qab.. pichirladi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

4 Mahkam, mustahkam, pishiq. ◆ Belbogʻni qattiq bogʻlamoq. n ◆ Xoliqov oʻrnidan turib, unga peshvoz chiqdi va qattiq qoʻl qi-sib koʻrishib, kresloga taklif qildi. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“ . ◆ Endi gap shu: oyoqni qattiq tirang.. nasiyani tezroq undiring. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

5 Belgi darajasi yuqori (ortiq) boʻlgan; kuchli, zoʻr, juda. ◆ Qattiq tovush. Qat-tiq ogʻriq. Qattiq iztirob. Hattiq sha-mol. Qattiq sovuq. Qattiq zarba. Qattiq hurmatlamoq. Qattiq azob chekmoq. Qattiq charchamoq. n ◆ Gulnor Yoʻlchini qattiq seva-di. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Neʼmat Xaydarovich, xotinim qattiq kasal.. N. Qobil, „Bemorlar“ . ◆ Kasalning qattiq iltimosi va talabiga koʻra, kabinetdagi telefonii ka-ravot yoniga oʻrnatdilar. 111 . Rashidov, Boʻ-rondan kuchli. ◆ Oʻzbek oyim oʻgʻlining bunchalik qatʼiy ketishini kutmagan edi va bu yoʻ-sin qattiq muomalani-da Otabekdan bi-rinchi martaba koʻrar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Bu ovozni kim eshitardi, qattiqroq chaqirsang-chi! B. Rahmonov, „Bahor arafasi“ . Kechki payt yogʻa boshlagan yomgʻir yarim kechaga borganda chaqmoq, momaqaldiroq aralash qat-tiq quydi. S. Zunnunova, Gulxan.

6 Qiyinchilik, mashaqqat bilan boʻla-digan, kuch, mehnat, mashaqqat talab etadi-gan; ogʻir, qiyin, mashaqqatli. ◆ Qattiq meh-nat. n Bu uydagi xotinlar Unsinni qat-tiq yumushlarga sola boshladilar. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Qattiq kundan bizlar-ni xalos etgan otamdir, Men shu musofir otamdan xabar olaman. "Zulfizor bilan Avazxon" .

7 s. t. Sarf-xarajat, umuman, chiqimga tobi yoʻq, unga chidamaydigan. ◆ Undan biron narsa soʻrash kerak emas, oʻlgunday qattiq odam.

Beti (yoki yuzi) qattiq q. bet. Qattiq botmoq (yoki tegmoq) Xafa qilarli, ran-jitadigan darajada taʼsir qilmoq. ◆ Bu gap Toʻxta xolaga qattiq botdi. Kampir Bo-zorovning yuziga gʻazabli koʻzlarini tikdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Daminjonning "Ma-shinamning aqli bulturdan beri siznikiga qaraganda koʻproq kirganga oʻxshaydi", degani Shermat akaga juda qattiq tekkan edi. A. Hayitmetov, „Shonli avlod“ . Qattiq ran ayn. ogʻir ran q. ogʻir. ◆ Mening shunchalar qattiq gaplarimga qanday chidading? K. Yashin, „Hamza“ . Qattiq olmoq Qattiq botadigan darajada qabul qilmoq. -Qanaqa xato ekan? — ◆ koʻngliga qattiq olgandek sekretarga qaradi rais. N. Safarov, „Olov-li izlar“ . Qattiq turmoq Gap-soʻzidan, azm-qaroridan qaytmagan holda oʻzini tutmoq. ◆ Men oʻninchi sinfni tamomlagunimcha erga tegmayman, deb qattiq turib oldim. B. Rahmonov, „Bahor arafasi“ . Qattiqtutmoq 1) qattiq rioya qilmoq, amal qilmoq. ◆ Urf-odatlarni qattiq tutmoq; 2) oʻz izmida (hukmida) saqlamoq, „izmida boʻlishga majbur qilmoq“ . ◆ Shariat xotinni qattiq tu-tish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha gʻaflatda qola-siz. A. Qahhor, „Mayiz yemagan xotin“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚАТТИҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qattiq

qattiq
1 твёрдый, крепкий; жёсткий; ◆ qattiq modda твёрдое вещество; ◆ qattiqva suyuq yoqilgʻilar твёрдые и жидкие топлива; ◆ qattiq yogʻoch твёрдое дерево; ◆ toshday qattiq твёрдый как камень; ◆ qattiq oʻrin жёсткая постель; ◆ qattiq qanotlilar зоол. жестокрылые; ◆ suv qattiq yerda turadi погов. (букв. вода держится на твёрдой земле) богатство держится у прижимистого; ◆ osmon olis, yer qattiq см. osmon;
2
твёрдый, зачерствелый, чёрствый; ◆ qattiq non чёрствый хлеб;
3 перен. трудный, тяжёлый; ◆ qattiq kunlar тяжёлые дни; чёрные дни; ◆ qattiq mehnat тяжёлый труд; ◆ peshanasi qattiq bola несчастный ребёнок, бедный ребёнок;
4 упорный, ожесточённый; // упорно, ожесточённо;◆ qattiq kurash упорная (ожесточённая) борьба;
5 суровый, жестокий; строгий; //сурово, жестоко; строго; ◆ qattiq ogohlantirish строгое предупреждение; ◆ qattiq sovuq крепкий (жестокий) мороз; ◆ qattiq jazolamoq сурово наказать;
6 строгий; // строго; ◆ qattiq intizom строгая дисциплина;
7 очень сильный, чрезмерный, неимоверный; // сильно, крепко; ◆ qattiq shamol сильный ветер; ◆ qattiq iztirob сильное волнение; ◆ qattiq mast boʻlmoq сильно опьянеть; ◆ qoʻlni qattiq siqmoq крепко пожать руку; ◆ qattiq uxlamoq крепко спать; ◆ qattiq qoʻrqmoq сильно испугаться; перепугаться; ◆ birovning koʻngliga qattiq tegmoq сильно задевать кого-либо; сердить, обижать кого-либо; ◆ uyat oʻlimdan qattiq погов. позор страшнее (букв. сильнее) смерти;
8 резкий; дерзкий, грубый; // резко; дерзко, грубо; ◆ qattiq gapirmoq говорить резко, дерзко;
9 громкий; // громко; ◆ qattiq ovoz громкий голос; ◆ qattiq ovoz bilan qichqirmoq кричать во весь голос; кричать громким голосом;
10 прижимистый, скупой; ◆ qattiq odam прижимистый (скупой) человек, скряга;
11 несокрушимый, непоколебимый; настойчивый; // непоколебимо; настойчиво; ◆ qattiq matonat непоколебимая стойкость; ◆ oʻz fikrida qattiq turmoq твёрдо стоять на своём, настойчиво защищать свои идеи;
12 тесный; ◆ qattiq aloqa тесная связь; тесный контакт;
13 ярый; ◆ muzikaga qattiq ishqivoz boʻlgan odam ярый поклонник музыки;
14 тяжёлый, опасный; ◆ qattiq shikast тяжёлая травма; серьёзное повреждение;◆ 

  • beti qattiq odam наглый (бесстыдный) человек; наглец; ◆ qoʻli qattiq odam (букв. человек, у которого сильные, крепкие руки) прижимистый, скупой человек; ◆ joni qattiq odam терпеливый (выносливый) человек; живучий человек; ◆ koʻngli qattiq odam жестокосердный человек.