Kontent qismiga oʻtish

titroq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tit-roq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TITROQ ' sovuqdan yoki boshqa bir sababdan qal-tirash, titrash qolati'. [Sidiqjonning] telegramma hogʻozini tutib turgan qoʻli titradi. Bu t i t -r o q asta—sekin vujudini qamrab oldi (E.Usmonov). Bu ot asli qadimgi turkiy tilda titrä- feʼlidan -k qoʻshimchasi bilan yasalgan (ДС, 564: titräkchi). OʻTILda titräk soʻzi oz qoʻllanilishi taʼkidlangan. Tarkibidagi qar ikki unli yumshoq talaffuz qilinadigan titrä-feʼliga qoʻshimchaning -k shakli qoʻshilishi toʻgʻri, lekin qozirgi oʻzbek tilida bu qoʻshimchaning —q shakli ta — laffuz qilinadigan boʻlgan, natijada ä unlisi qam â unlisiga almashgan: titrä— + k = titräk > titrâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
1 ot Sovuqdan, qoʻrquvdan, hayajondan yoki darmonsizlik, kasallik va shu kabilardan yuzaga keladigan gʻayrishuuriy harakat, qaltiroq. [ Sidiqjonning

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

◆ Telegramma qogʻozini tutib turgan qoʻli titrardi. Bu titroq asta-sekin butun vujudini qamrab oldi. E. Usmonov, „Koʻngil“ . Adolat surbet Bozorovni koʻrishi bilan gʻazabdan qaltiradi va titrogʻini bosish uchun paxta teraverdi. I. Rahim, Chin muhabbat.

2 sft. Titrab, qaltirab turadigan, tit-raydigan, titroqli; qaltiroq. ◆ Titroq qoʻl. Titroq oyoq. shsh Muhammadjon uning tit-roq lablariga suqlanib qaradi-yu, lekin jurʼat etolmay, qoʻlidan choʻpillatib oʻpdi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . Zamira uning tit-roq vujudi va haddan tashqari olovli qarashiga tob berolmay, stol ustiga past-roq engashdi. P. Qodirov, Uch ildiz.

3 sft. Toʻlqinlanib yoki uzilib-uzilib chiqadigan (asosan ovoz, tovush haqida). ◆ U, oppoq roʻmolchasi bilan koʻzlaridan dona-dona oqib tushayotgan yoshini artib, titroq ovoz bilan javob berdi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

Titroq bosmoq (yoki turmoq, kirmoq, yugurmoq) Titroq paydo boʻlmoq, egallamoq. ◆ Nahotki Ahmad tanbal qoʻlga tushgan boʻlsa ? Unda sir ochiladi.. Yoqubbekni titroq bosdi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Koʻying, dada-si, hadeb ich-ichingizni timdalayvermang. Har choʻt qoqqaningizda bir titroq turadi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . Oʻrmonjon "Qoʻrqqan oldin musht koʻtarar" degan xayolda vujudiga tit-roq kirib, sekin kursiga oʻtirar ekan.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. ◆ Mayna bir daqiqa koʻzini yumdi, gʻazabdan butun aʼzosiga titroq yugurdi. Sh. Toshmatov, „Erk qushi“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТИТРОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

titroq
1 трепет, трепетание, дребезжание, дрожь; // трепетный, трепещущий, дрожащий; ◆ titroq ovoz дрожащий голос; ◆ titroq qoʻllar дрожащие руки; ◆ uni titroq bosdi его охватил трепет; ◆ badanimga titroq turdi меня бросило в дрожь; я всем телом дрожал;
2 муз. тех. вибрация; // вибрирующий; ◆ titroq tovush вибрирующий звук.