Kontent qismiga oʻtish

Arxaizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 5-iyul, 06:42 dagi Bekipediya (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Arxaizm (grekcha: „archaios“ — qadimgi, koʻxna) — eskirib, isteʼmoldan chiqib qolgan soʻz yoki ibora. Leksik (arkon, mirzo va hokazo), fonetik (ersa, birlan, emdi va hokazo), morfologik (bilur, turur, boʻlgay, burungʻi va hokazo), shuning-dek frazeologik, semantik Alar boʻladi. A. koʻproq adabiyotda oʻtmish manzarasini aks ettirish, davr ruhini berishda uslu-biy vosita sifatida qoʻllanadi.

Arxaizmlarning badiiy adabiyotdagi oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lugʻatlardagi eskirgan soʻzlar — arxaizmlar va istorizmlardan oddiy soʻzlashuv vaqtida foydalanilmasligi mumkin. Biroq ular tarixiy asarlarda tarixiylik koloritini berish uchun ishlatiladi. Aytaylik, asarda oʻn beshinchi asr voqealarini tarvirlayotgan ijodkor albatta oʻsha davrda foydalanilgan soʻz va iboralarni oʻz asarida qoʻllaydi. Yaʼni oʻsha davr koloritini yaratish uchun albatta ana shu davrdagi narsa-buyumlar, tushunchalar, kiyimlar yoki hodisalar qoʻl keladi. Shunday ekan, eskirgan soʻzlarning ham tilimizdagi oʻrni juda beqiyosdir[1].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Dilmurod Quronov. „Adabiyotshunoslikka kirish“ (o'zbekcha). n.ziyouz.com. Qaraldi: 16-dekabr 2022-yil.