Kontent qismiga oʻtish

Ashtarxoniylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashtarxoniylar — XVI asrda Turonga Ashtarxon xonligidan koʻchib kelgan hukmron sulola xonadoni vakillari. Buxoro xonligida XVII asr boshidan XVIII asr oʻrtalariga qadar hukmronlik qilgan 2-oʻzbek sulola: Movarounnahr Shayboniylarining siyosiy vorislari.

Tarixiga oid manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Musaxxir al-bilod — dastlabki Ashtarxoniylar davri siyosiy voqealari hamda harbiy jarayonlar haqida kengroq maʼlumot beruvchi asar;
  • Tarixi Muqimxoniy — Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va ashtarxoniy sultonlar oʻrtasidagi munosabatlar tarixi bayon etilgan asar;
  • Muhit at-tavorix — ashtarxoniylardan Abdulazizxon va Subhonqulixon davrida Buxoro xonligida sodir boʻlgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritishda xizmat qilgan asarlardan biri;
  • Bahr ul-asror;
  • Matlab ut-tolibin;
  • Silsilat us-salotin — asarda Buxoro xonligining Eron, Hindiston va Qoshgʻar bilan aloqalari, Buxoro xonligida hokimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar qoʻliga oʻtishi, XVII asrdagi Balx va Badaxshonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar haqida boshqa manbalarda uchramaydigan qimmatli faktlar mavjud;
  • Dastur ul-muluk — asar Subhonqulixonga bagʻishlangan. Buxoro xonligida XVII asr soʻnggi choragida sodir boʻlgan muhim tarixiy voqealarni yoritishda muhim manba. Unda 1681–1694/95-yillar orasida Buxoro xonligida sodir boʻlgan voqealar yilma-yil bayon etilgan;
  • Ubaydullanoma — asarda Abdulazizon, Subhonqulixon va Ubaydullaxon davrlarida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan;
  • Tarixi Abulfayzxon — asar Abulfayzxon hukmronligi tarixining dastlabki 14 yili haqida hikoya qiladi;
  • Tuhfat ul-xoniy (Tarixi Rahimxoniy) — asar Buxoro xonligining 1722–1782-yillar orasidagi tarixini oʻz ichiga olgan.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashtarxoniylar sulolasi nasabining tarmogʻi Chingizxonga yetadi va Joʻjixonning 13-oʻgʻli Toʻqay Temurga borib taqaladi. Joʻjixonning katta oʻgʻli Botuxon Toʻqay Temurga 14 ulusni, aniqrogʻi, Mangʻishloq, Hoji Tarxon va Shimoliy Kavkazdagi aslar yerini mulk qilib bergan[1]. Quyida Ashtarxoniylarning Abulgʻozi Bahodirxonning „Shajarayi turk“, Abdurahmon Tolening „Tarixi Abulfayzxon“, Hoji Mir Muhammad Salimning „Silsilat as-salotin“, Marjoniy Shahobiddinning „Mustafad al-axbor fi ahvoli Qozon va Bulgʻor“ asarlariga asosan nasabnoma halqalari keltirilgan[2]. Jadvalda shuningdek Abdusattor Jumanazar tomonidan Abdulqodir ibn Muhammad Aminning „Majmaʼ al-ansob va-l-ashjam“ asariga asosan, lekin, asarda Shayboniylar va Ashtarxoniylar shajarasi chalkashib ketgan oʻrinlar uchraydi uchun, aynan asardan koʻchirma boʻlmagan va asardagi maʼlumotlar boshqa manbalar bilan qiyoslab borilib aniqlangan nasabnoma halqasi ham keltiriladi[3]:

Abulgʻozi Bahodirxonda Abdurahmon Toleda Hoji Mir Muhammad Salimda Marjoniy Shahobiddinda Abdusattor Jumanazarda
Joʻchi Joʻchixon Joʻchixon Joʻchixon Joʻchixon
Toʻqay Temur Toʻqay Temurxon Toʻqay Temurxon Toʻqay Temur Toʻqay Temur
Oʻztemur Oʻztemur Oʻztemurxon Oʻztemur Oʻztemur
Ibay Temur Qutlugʻxon Abay sulton Abay Abay
Tumgan Qutlugʻ Temurxon Numgan Tumgan Tumagʻan
Qutlugʻ Temur oʻgʻlon Oʻztemurxon Temurbekxon Qutlugʻ Temur Qutlugʻ Temur
Temurbek oʻgʻlon Toʻqay Temurxon Qutlugʻxon Gali Temur Ali Temur
Temur Qutlugʻ Qutlugʻ Temurxon Temur Temur Qutlugʻ Temur Qutlugʻ
Temur sulton Ahmadxon Temurxon Temur sulton Temur sulton
Muhammad Juvak Muhammad Muhammadxon Muhammad Muhammadxon
Chavaq Bogʻlishdodxon Chavoqxon Chuvok Chavoq
Mangʻishloq Yormuhammadxon Mangʻishloqxon Mangʻishloq Mangʻishloq
Yormuhammad Yormuhammadxon Muhammad Yormuhammadxon

Yuqoridagi halqa Toʻqay-Temuriylar xonadoninig Ashtarxon xonligida hukmronlik qilmagan bir tarmogʻi boʻlib, uning asoschilari Oltin Oʻrdaning soʻnggi rasmiy xoni Kichik Muhammadning avlodi edilar. Ushbu tarmoqning xonadon vakillari keyinchalik Ashtarxoniylar nisbasi bilan mashhur boʻlishadi[4].

Xonadon vakillari turli davrlarda Toʻqay-Temuriy, Ashtarxoniy va Joniy kabi bir nechta nisbalar bilan atalib kelingan. Ular Buxoro xonligi taxtini egallagan davrda Toʻqay-Temuriylar nomi bilan mashhur boʻlishgan[5]. Keyingi davr tarixiy manbalarida sulolaning nomi Toʻqay-Temuriy (xonadoni Toʻqay-Temuriyon) va sulola vakillari xon oʻgʻillari (xon oʻgʻli) deb nomlanishgan[6][7].

Ashtarxoniy nisbasi ilk marotaba Xoʻjamqulibek Balxiyning „Tarixi Qipchoqxoniy“ asararida uchraydi. Unga qadar, yaʼni 1720-yillarga qadar bu nisba yoki qoʻllanilmagan, yoki ikkinchi darajali boʻlgan deya taxmin qilinadi[8].

Joniylar nisbasi tarixiy manbalarda hecham qoʻllanilmagan va sulolaga yangi davr olimlari tomonidan berilgan[9].

Turonga kelib oʻrnashishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻqay-Temuriylar xonadoni bir tarmogʻining Turonga koʻchib kelib oʻrnashishi holati koʻp yillar tarixning oʻziga xos „oq dogʻ“i boʻlib keldi[4]. Tarixchilar ushbu holat Ivan IV Grozniy Ashtarxon xonligini bosib olganidan soʻng amalga oshirilgan deb hisoblashar edi. Olimlarning izlanishlari natijasida bu koʻchish Ashtarxon xonligi qulashidan ancha vaqt oldin boʻlib oʻtganligi aniqlandi[10].

Mahmud ibn Valining Bahr ul-asror asarida Toʻqay-Temuriylarning Shayboniylar xonadoniga migratsiyasi holati va ularning Turonga ilk marotaba kelishi haqida soʻz boradi. Bu holat boshqa hech bir tarixiy manbada uchramaydi deb taxmin qilinadi[10].

Ashtarxon xonligidagi ichki ziddiyatlar va Noʻgʻay oʻrdadagi hokimiyat uchun kurashlar Mangʻishloqxon boshchiligida Toʻqay-Temuriylar xonadonining bir tarmogʻini Turonga koʻchib borishga undagan[10]. Bahr ul-asrorga koʻra, Magʻishloqxon dastlab Tura shahriga Kuchumxon huzuriga borgan va oʻsha yerdan Husayn Boyqaro huzuriga yoʻl olgan. Temuriy sulton uni iliq kutib olib, Magʻishloqxon oʻziga tegishli deb bilgan yerlarni qayta qoʻlga kiritishi uchun 12 ming askar bergan. Quyi Volgaboʻyi va Mangʻishloqqa amalga oshirilgan harbiy yurish samarasiz yakun topganidan soʻng, xon Turonga qaytishga majbur boʻlgan[8].

Mahmud ibn Valiga koʻra Mangʻishloqxon Turonda Shayboniy Jonibek sultonning avlodlari tarbiyasi bilan shugʻullangan[9], shu yerda 1528-yilda[11] vafot etgan[8] va Miyonqolda dafn etilgan. Mangʻishloqxonning qabri Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumaniga qarashli Shammi qishlogʻining Xon Avliyo mozorida joylashganligi aniqlangan[12]. Bahr ul-asrorda aytib oʻtilgan maʼlumotlarga qaramay, baʼzi bir tarixchilar Mangʻishloqxon Turonga Koʻchkunchixon hukmronligi davrida koʻchib kelgan deb taxmin qilishadi[11].

Bahr ul-asrorda Turonda boʻlib turgan Magʻishloqxonning nomi bilan birgalikda uning toʻngʻich oʻgʻli Yormuhammadning ismi ham keltiriladi. Asarda Yormuhammadning Volgaboʻyi yoki Mangʻishloq hududlariga qaytib borishi haqida hikoya qilinmaydi[8]. Yormuhammad otasi Mangʻishloqxonning vafotidan soʻng 14 yoshida xonadon boshchiligini oʻz qoʻliga olgan. Vaqt oʻtib vafot etganidan soʻng Buxorodagi Hazrati Xojayi Buzurg mozorida dafn etilgan. Yormuhammad vafotidan keyin uning toʻngʻich farzandi Joni Muhammad xonadonning rasmiy eng yoshi katta vakili boʻlib qolgan.

Shaybon xonadoniga qarindoshligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mangʻishloqxon Shayboniy Jonibek sultonning katta oʻgʻliga Tursunbekaxonim ismli qizini uzatgan. Bu nikohdan 2 oʻgʻil farzand dunyoga kelishgan. Ulardan birining ismi Jonqora sulton boʻlgan. Oʻz oʻrnida Iskandarxon Yormuhammadxonga Masʼuma sulton xonim ismli qizini turmushga bergan. Ikki Joʻchiylar xonadoni orasidagi yaqin qarindoshlik aloqalarini Abdullaxon hukmronligi davridan ancha oldin boʻlib oʻtgan. Abdullaxon singlisi Zuhraxonimni Joni Muhammadga turmushga berib ikki xonadon orasidagi qarindoshlik rishtalarini yanada mustahkamlagan[9].

Yor Muhammad
 
 
 
 
Joni Muhammad
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Din Muhammad
 
Boqi Muhammad
 
Vali Muhammad
 
Alim Muhammad
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Imomqulixon
 
Nadr Muhammad
 
Rustam sulton
 
Muhammad Rahim sulton
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Abdulazizxon
 
Subhonqulixon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ubaydullaxon II
 
Abulfayzxon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Abdulmoʻminxon
 
Ubaydullaxon III
 
 
  1. Zamonov 2021, s. 20—21.
  2. Трепавлов 2009, s. 370—395.
  3. Jumanazar 2017, s. 146.
  4. 4,0 4,1 Алексеев 2006, s. 84.
  5. Zamonov 2021, s. 117.
  6. Султанов 2006, s. 267.
  7. Алексеев 2006, s. 86—87.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Алексеев 2006, s. 86.
  9. 9,0 9,1 9,2 Алексеев 2006, s. 87.
  10. 10,0 10,1 10,2 Алексеев 2006, s. 211.
  11. 11,0 11,1 Zamonov 2021, s. 23.
  12. Zamonov 2021, s. 22—23.
  • Jumanazar A. K. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2. 
  • Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari: monografiya. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136-bet. ISBN 978-9943-6372-1-4. 
  • Алексеев А. К. Политическая история Тукай-Тимуридов: По материалам персидского исторического сочинения Бахр ул-асрар. СПб: Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2006 — 229-bet. ISBN 5-288-03987-9. 
  • Султанов Т. И. Чингиз-хан и Чингизиды. Судьба и власть. Москва: Аст, 2006 — 445-bet.