Chibcha tillari
Chibcha tillari — indeys tillari guruhi (oilasi); Markaziy va Janubiy Amerikaning Gonduras, KostaRika, Nikaragua, Panama, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru (qisman) kabi mamlakatlarida tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Chibcha tillarida 635 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Bir qancha olimlar tomonidan turlicha tasnif etilgan. Masalan, chexbrazil olimi Ch. Loukotka tasnifiga kura, Chibcha tillari 60 dan ortiq tilni va sheva guruhlarini oʻz ichiga olgan 20 ta guruhchaga boʻlinadi (chibcha, esmeralda, karake, yaruro, rama, malchora, guatuzo, getar, terraba, kabekar, chumula, gualaka, kuna, chochama, malibu, mokana, timana va boshqalar).
CH.t.da 20 dan ortiq undosh tovush boʻlib, ular portlovchi, sirgʻaluvchi va qorishiq turlarga boʻlinadi. Undoshlar orasida sonorlar ham anchagina (baʼzi tillarda 8 taga yetadi). Unlilar asosan 5 ta, lekin ularning umlautli va burun variantlari ham uchraydi. Urgʻu soʻzning istalgan boʻgʻiniga tushishi mumkin. Morfologiyasi agglyutinativ qurilishga ega. Otlarda son (birlik, koʻplik) va kelishik (6 tagacha) kategoriyalari mavjud. Sodda gaplardagi soʻz tartibi ega — toʻldiruvchi — kesim tarzidadir. Otdan ifodalangan anikdovchilar anikdanmishdan oldin, sifatdan ifodalanganlari esa aniqlanmishdan keyin keladi. Ular orasida moslashuv mavjud emas.
CH.t. kam oʻrganilgan, faqat asl chibcha boshqa tillarga nisbatan yaxshiroq tadqiq etilgan: ushbu tilning Bernando Lugo, tomonidan yozilgan ilk grammatikasi 1619-yilda Madridda nashr etilgan. 17—20-asrlarda Chibcha tillari boʻyicha missionerlar tomonidan tuzilgan koʻplab grammatika va lugʻatlar nashr qilinmay qolgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |