Gonokokk
Qiyofa
Gonokokk — kasallik qoʻzgʻatadigan mikrob; diplokokkparga mansub; nemis olimi A. Neysser topgan (1879). Organizmdan tashqarida uncha chidamli emas; yetarlicha nam joyda (mas, hoʻl lozim, choyshab, mochalkada) boʻlgandagina yuqadi; quritilganda bir necha minutda, 40—45° gacha qizdirilganda esa bir necha soatda halok boʻladi. Dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar gonokokkni oʻldiradi. Odamda siydik-tanosil yoʻllari (soʻzakla) va koʻz (blennoreyatsya) shilliq qavatining yiringli kasalliklarini qoʻzgʻatadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |