Kichri
Kichri yoki kichadi, kichari (hindcha: खिचड़ी'IAST : urdu: کھچڑی: bengalcha: খিচুরী) — oʻtkir taʼmli vegetariancha taom boʻlib, dimlangan guruch va mosh (mung dal), yogʻda qovurilgan ziravorlar, baʼzan sabzavot aralashmasidan tayyorlanadi. Bu Ayurveda pazandachiligining asosiy taomlaridan biridir. Ushbu taom proteinga juda boy.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yunon qiroli Selevk Hindistonga qilgan yurishida (miloddan avvalgi 305-303) dukkakli mahsulotlar va guruch aralashmasi Hindiston aholisi orasida juda mashhur ekanligini taʼkidlagan[1]. Strabon esa hind taomlari asosan guruchli boʻtqa va guruchli ichimlikdan iborat boʻlganligini taʼkidlaydi, bu hozirda arrak deb ataladi. Marokashlik sayyoh Ibn Battuta taxminan 1350-yillarda Hindistonda boʻlgan vaqtlari kichrini guruch va moshdan iborat taom sifatida tilga oladi[2]. Kichri XV asrda Hindistonga tashrif buyurgan rus sayyohi Afanasiy Nikitinning asarlarida ham tasvirlangan[3]. Ushbu taom Boburiylar, ayniqsa Jahongir davrida juda mashhur boʻlgan. Boburiy shoh Akbarning bosh vaziri Abulfazl Allomiyning tomonidan yozilgan XVI asrga oid „Ain-i-Akbari“ hujjatida kichri retsepti tilga olinadi va uning yetti xil varianti keltiriladi[4]. Hindistonda Akbar, vazir Birbal va kichri[5] bilan bogʻliq latifa ham bor. Aytishlaricha, kejeri anglo-hind taomi ham kichri[6][7] dan kelib chiqqan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayurveda tarafdorlarining fikriga koʻra, kichari oʻzining mukammal darajada hazm boʻlishi va ozuqaviy moddalarning muvozanati bilan ajralib turadi. Hindlar ushbu taom oson hazm boʻladi, kuch va hayotiy quvvat beradi, tananing barcha toʻqimalarini oziqlantiradi, hujayralarni tozalash va yoshartirishga yordam beradi, deb ishonishadi. Kichari yoglar tomonidan tozalash dasturlari boshlangan paytda ishlatiladi.
Santa Fedagi „Ayurveda instituti“ veb-sayti maʼlumotlariga koʻra, har bir dosha (Ayurveda terminologiyasida hayotiy quvvat) uchun turli xil sabzavotlar, ziravorlar va choylar isteʼmoli tavsiya etiladi. Ushbu tashkilot, shuningdek, faqatgina kicharidan iborat monoparhez qabziyatga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Shuningdek qarang.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Khichdi–A Comfort Food – India Currents“. 16-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2015-yil. (Archive.is saytida 2013-02-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Reddy, Anjana (2016). "Archaeology of Indo-Gulf Relations in the Early Historic Period: The Ceramic Evidence". in Himanshu Prabha Ray. New Delhi: Manohar Publishers. p. 68. ISBN 978-93-5098-143-6. https://www.academia.edu/20135170.
- ↑ „Rehla of Ibn Battuta“. Qaraldi: 21-mart 2015-yil.
- ↑ Recipes for Dishes (Wayback Machine saytida 2011-07-27 sanasida arxivlangan) Ain-i-Akbari, by Abu'l-Fazl ibn Mubarak. English tr. by Heinrich Blochmann and Colonel Henry Sullivan Jarrett, 1873–1907. The Asiatic Society of Bengal, Calcutta, Volume I, Chapter 24, page 59. "3. K'hichri. Rice, split dal, and ghee 5 s. of each; ⅓ s. salt: this gives seven dishes."
- ↑ „Cooking The Khichdi is one of Birbal Stories.“. 2022-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2015-yil.
- ↑ Lobscouse and Spotted Dog; Which Itʼs a Gastronomic Companion to the Aubrey/Maturin Novels, Anne Chotzinoff Grossman and Lisa Grossman Thomas, Norton, 1997, p. 12. ISBN 978-0-393-32094-7
- ↑ Smith, Delia „Buttery Kedgeree“. Delia Smith's Complete Cookery Course. 2008-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-mart.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Майя Тивари. «Аюрведа от А до Я». М.: «Феникс», 2006 — 576-bet. ISBN 5-222-08967-3.