Sardinalar
Qiyofa
Sardinalar — seldsimonlar oilasining 2 urugʻi (sardinalar, sardinopslar)ni oʻz ichiga oladigan baliklar guruhi. Tanasi 2 yondan siqilgan, uz. 30— 35 sm gacha. Tanasining yon tomonlari boʻylab qora dogʻlar, dum suzgichi asosida 1 juft uzun tangachalar boʻladi. Har bir urugʻi bir necha tur va kenja turlarni oʻz ichiga oladi. Janubiy va Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillaridan tashqari, barcha iliq va subtropik dengizlarda tarqalgan. Uzoq Sharq sardinasi, yaʼni ivasi Uzoq Sharq dengizlarida, yevropa sardinasi Gʻarbiy Yevropa dengizlarida tarqalgan. Planktonxoʻr, 8—14 yil yashaydi; 2 yoshida voyaga yetadi. Uvildirigʻini (25—29 ming) suvning yuza qismiga (pelagik) qoʻyadi. Ovlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |