Indrikoteriy
Indrikoteriy | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Indrikoteriy (Indricotherium) | ||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||
|
Indrikoteriy (lotincha: Indricotherium) — girakodont oilasiga mansub sutemizuvchilar hisoblanadi. Hozirda ular yoʻq boʻlib ketgan. 30-20 million yil oldin oʻrta oligosen — quyi miosenda yashagan. Indrikoteriy qoldiqlari Osiyoning koʻplab mintaqalarida topilgan. Bu Qozogʻistonning Orol dengizi hududidagi konlarda topilgan araloteriya va Moʻgʻuliston oligosenidan olingan beludjeteriy bilan bogʻliq. Bu karkidonlar qisqa tanasi bilan boshqalardan farq qiladi. Shuningdek, ular 3 barmoqli boʻlib, oʻrta barmogʻi juda qalinlashgan boʻladi. Boʻyni uzun va boshi kichkina va shoxsiz boʻladi.
Indrikoteriy va beludjeteriy — eng uzun (4,8 m balandlikda[1][2]) va eng ogʻir (24 tonnagacha[3]) quruqlikdagi sutemizuvchilar hisoblanadi. Ular butalar va daraxtlarning barglari va shoxlari bilan oziqlanadi. Ular orasida nam oʻrmonlarda ham, botqoqlarda ham, quruq choʻl va choʻl hududlarida ham yashagan vakillar ham bor.
Taksonomiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Indrikoteriy turkumining taksonomiyasi hali aniqlanmagan. Birinchi marta Klayv Forster-Kuper 1911-yilda Paraceratherium turkumini tasvirlab bergan. 1913-yilda u Baluchitheriumni ham tasvirlab bergan. Indricotherium jinsi 1915-yilda tasvirlangan (Borisyak).
Paraceratherium, Baluchitherium va Indricotherium uch avlodining hammasi sinonim hisoblanadi (Lukas va Sorbus (1989-y) va shuning uchun ular bir-birining oʻrnini bosadi, garchi Indricotherium va Paraceratherium boshqa avlodlar deb hisoblansa ham. Har holda, bu nomlar ostida tasvirlangan hayvonlar hajmi va shakliga koʻra oʻxshashdir.
Indricotherium transouralicum (Pavlova, 1922) — eng keng tarqalgan va eng koʻp oʻrganilgan tur, Oʻrta -Oligotsengacha maʼlum. Hozirgi Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Ichki Moʻgʻuliston va Shimoliy Xitoy hududida yashagan.
Paraceratherium orgosensis (Chiu, 1973) — Indricotheriumning eng yirik vakili. Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon-Uygʻur hududida topilgan. Dzungariotherium orgosensis (Chiu, 1973), Dzungariotherium turfanensis (Xu va Vang, 1978) va Paraceratherium lipidus (Xu va Vang, 1978) deb taʼriflangan alohida fotoalbomlar mavjud. Bularning barchasi ehtimol bir xil turga mansub boʻlishi mumkin.
Paraceratherium zhajremensis (Osborn, 1923) — Kelib chiqishiga koʻra Hindistonga mansub. Oʻrta va soʻnggi oligotsenning indikoteriumi.
Indricotherium prohorovi (Borissiak, 1939) — Kelib chiqishiga koʻra Sharqiy Qozogʻistonga mansub. Oʻrta va soʻnggi miosen davrining indikoteriumi.
Paraceratherium bugtiense (Pilgrim, 1908) — Kelib chiqishiga koʻra Pokistonga mansub. Oʻrta Miosen davriga oid. Umumiy turga kiradi. Keyinchalik Baluchitherium osborni (Forster Cooper, 1913) nomi bilan atalgan. U Bulujistondagi Chitarvat tuzilmasidan topilgan.
Paraceratherium linxiaense (Tao Deng, 2021) — Tibet platosining shimoliy-sharqiy chegarasida, Gansu provinsiyasining Linxia Xui avtonom tumanida soʻnggi oligotsen choʻkindi jinslarida topilgan. Balandligi 7 metr va ogʻirligi 24 tonna, oʻz davrida u quruqlikdagi eng katta sutemizuvchi hisoblangan[4][5].
-
Indricotherium transouralicum bosh suyagi
-
Indricotherium transouralicum skeleti
Namangan indrikoteriysi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Namangan viloyati Namangan tumanida Qoratepa mahallasida 2021-yil 13-mart kuni issiqxona uchun qurilayotgan yerdan nomaʼlum mavjudotning skeleti topilgan. Uning oʻlchami 1,7-2,0 metr atrofida[6]. Uning old oyoqlari tuyoqsimon, orqa oyoqlari esa 3 panjali. Bosh suyaklari esa boshqa hayvonlarniki kabi emas. Skelet bundan 25 million yil avval yashagan dinozavr-indrikoteriyaga tegishli ekani aniqlangan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Paul G. S. Dinosaur models: The good, the bad, and using them to estimate the mass of dinosaurs(ingl.) // Dinofest International Proceedings. — 1997. — P. 129—142.
- ↑ Larramendi, A. Shoulder height, body mass and shape of proboscideans(ingl.) : journal. — 2016.
- ↑ „Ученые нашли крупнейшее млекопитающее, ходившее по Земле, — носорога массой в шесть слонов. И показали, как он мог выглядеть“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
- ↑ Tao Deng, Xiaokang Lu, Shanqin Chen. „An Oligocene giant rhino provides insights into Paraceratherium evolution“ (en). Nature (2021-yil 17-iyun). Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
- ↑ Enrico de Lazaro. „Fossils of New Giant Rhino Species Found in China“ (en). Sci-news.com (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
- ↑ „Наманганда иссиқхона учун қурилаётган ердан номаълум мавжудотнинг скeлети топилди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 14 март.
- ↑ „Намангандан топилган номаълум мавжудот скелетининг қайси ҳайвонга тегишли экани аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 март.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Indrikoteriy haqida turkum mavjud |