Karen Uhlenbeck
Karen Uhlenbeck | |
---|---|
Tavalludi |
24-avgust 1942-yil Cleveland, Ohio, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Perspektiv tadqiqotlar instituti Texas universiteti, Austin Chicago universiteti Illinois universiteti, Chicago Illinois universiteti, Urbana-Champaign |
Akademik rahbarlari | Richard Palais |
Mashhur ishlari |
Oʻzgarishlar matematikasi Geometrik analiz Minimal saths Yang–Mills nazariyasi |
Mukofotlari |
MacArthur stependiyasi Milliy ilmiy medali (2000) Steele mukofoti (2007) Abel mukofoti (2019) |
Karen Uhlenbeck (talaffuzi: Karen Ulenbek) (1942-yil 24-avgustda tugʻilgan) — amerikalik matematik. 2019-yilda Uhlenbeck Abel mukofoti bilan taqdirlangan ilk ayol matematik boʻldi[1][2][3]. Olima zamonaviy geometrik analizning asoschilaridan biri hisoblanadi[4] .
Uhlenbeck 1964-yil Michigan universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1965-yil New York universitetidagi Courant matematik fanlar institutida magistratura boshlagan va biofizik Olke C. Uhlenbeckka (fizik George Uhlenbeckning oʻgʻli) turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi Harvardga borganida u bilan birga borgan va Brandeis universitetida qayta oʻqishni boshlagan. 1966-yil ushbu universitetdan magistr va 1968-yili Richard Palais rahbarligida PhD darajasini olgan.
Ayni damda Uhlenbec Austindagi Texas universiteti faxriy professori. Shuningdek, Perspektiv tadqiqotlar institutida faxriy „mehmon“ professor. 1986-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi. 2000-yil AQSh Milliy fan medali bilan, 2007-yil Steel mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2019: Karen Keskulla Uhlenbeck“. The Abel Prize. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
- ↑ Meilan Solly (20 March 2019). „Karen Uhlenbeck Is the First Woman to Win Math's Top Prize“. Smithsonian Magazine. Qaraldi: 8 April 2019.
- ↑ Chang, Kenneth. „Karen Uhlenbeck Is First Woman to Receive Abel Prize in Mathematics – Dr. Uhlenbeck helped pioneer geometric analysis, developing techniques now commonly used by many mathematicians.“. The New York Times (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ Bill Chappell. „U.S. Mathematician Becomes First Woman To Win Abel Prize, 'Math's Nobel'“. NPR (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2019-yil 8-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]