Kontent qismiga oʻtish

Karl Maksimovich Baer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karl Maksimovich Baer [1792.17(28).2, Estlyandiya 1876.16.(28).! 1, Tartu] – tabiatshunos, embriologiya asoschisi Rossiya geografiya jamoatini tuzuvchilardan biri. B. joʻjalar embriogenezini (1829, 1837), baliklar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilarning embrional rivojlanishini tekshirgan. Embrional rivojlanishning muhim bosqichi – blastulayaa tafsiflagan. Tip, sinf, turkum, oila, urugʻ va tur belgilari embrional rivojlanish jarayonida birinketin namoyon boʻlishini aniklagan. Sut emizuvchilarning tuxum hujayrasini kashf etib, notoʻgʻri tushunchalarga chek qoʻygan. Umurtqalilarning barcha asosiy aʼzolari – xorda, bosh va orqa miya, koʻz, yurak, ayirish aʼzolari, oʻpka, ovqat hazm qilish yoʻli va boshqalarni tadqiq qilib, ularning rivojlanish jarayonini tushuntirib bergan. B. Novaya Zemlya o.ni, Kaspiy dengizini tadqiq qilgan. Daryo qirgʻoklarining yuvilish qonuniyatini tushuntirgan (qarang Ber qonuni).[1]

  1. "BER Karl Maksimovich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil